TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5412 5.48K
#operatsion_tizim

Windows 10'da kengaytirilgan qidiruvni faollashtirish 🔎

Qoida bo‘yicha qidiruv indeksatori fayllarni foydalanuvchining Документы, Изображения, Музыка, Видео, Рабочий стол kabi lokal papkalarida indeksatsiya qiladi, shu bois indekslanmagan joylardagi fayllarning qidiruvi odatda ko‘proq vaqtni talab etadi.

Kengaytirilgan qidiruv lokal tarkib bilangina cheklanib qolmay, fayllarning indeksatsiyasini kompyuterga ulangan barcha disklar doirasida amalga oshiradi, bu esa o‘z navbatida qidiruv jarayonini tezlashtiradi.

Windows 10'da kengaytirilgan qidiruvni faollashtirish uchun WIN + I klavishlari birikmasi yordamida Параметры oynasini oching. Поиск -> Поиск в Windows bo‘limiga o‘ting. Найти мои файлы bo‘limida almashtirgichni Расширенный holatiga o‘rnating.

Shundan so‘ng, kompyuter disklaridagi fayllar miqdoridan kelib chiqqan holda qanchadir vaqtni oluvchi indeksatsiya jarayoni boshlanadi. Ushbu jarayon yakunlanganidan so‘ng qidiruv yordamida barcha fayllaringizni izlab topish deyarli darhol amalga oshiriladi.

📝 Manba: @pcTeapot

ℹ️ Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →