TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5669 4.3K
#internet #software

23 foizga tezlashgan Google Chrome endi kuniga 17 yillik protsessor umrini tejaydi! 📈

Qidiruv giganti shu kunlarda o‘zining Google Chrome brauzerini 91-versiyasiga yangiladi. Chromium rasmiy blogida Chrome mahsuloti bo‘yicha menejer Tomas Nattestad (Thomas Nattestad) undagi muhim jihatlardan biriga e’tibor qaratgan.

Tomas Nattestad
ning ta’kidlashicha, Google Chrome yangilanganidan so‘ng naq 23 foizga tezlashgan. Bunga esa yangi – Sparkplug kompilyatori hamda qisqa ichki chaqiruvlar tufayli erishilgan.

Buning evaziga har kuni butun dunyo bo‘ylab mazkur brauzer foydalanuvchilarida jami 17 yildan oshiqroq vaqt tejaladi, deydi menejer.
Izohga ko‘ra, Sparkplug – bu yangi JavaScript kompilyatori bo‘lib, u veb-ilovalarning ancha tezkor ishga tushirilishini ta’minlaydi.

Shuningdek, Google dasturchilari yaqin kelajakda Chrome brauzeriga umumiy samaradorlikni yaxshilovchi yana bir nechta funksiyalar qo‘shishni rejalashtirishgan.

📝 DiMaX @terabaytuz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Qotib ishlayotgan Chrome’ni tezlashtirishning 11 usuli
• Chrome – eng “ochofat” brauzer, lekin siz uning “nafsini jilovlay” olasiz!
• Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz!
• Google Chrome’da saqlangan parolni qanday ko‘rish mumkin?
• Google Chrome’da saytlar tomonidan bildirishnomalarni yuborishga ruxsat so‘rash imkoniyatini o‘chirib qo‘yish
• Google Chrome brauzerida varaqa (вкладка)larning avtoyangilanishini o‘chirib qo‘yish
• Chrome'da maqolaning muayyan qismini havola sifatida nusxalab olish mumkinmi?
• Google Chrome’da qorong‘i mavzu qanday faollashtiriladi?
• Internet Explorer vs. Google Chrome (IT hazil)
• Google Chrome vs. operativ xotira (IT hazil)
• Google Chrome haqida yana bir hazil post
• Corsair kompaniyasi Google Chrome va Photoshop’ning operativ xotirani iste’mol qilishi yuzasidan kuldi
• Mozilla Firefox brauzerida saytga kirishni bloklash
• Brauzer tomonidan internet sarfini qanday kamaytirish mumkin?
• Kesh nima?
• Brauzerda cookie’ni boshqarish uchun kengaytma
• Mobil brauzerlarning kompyuterdagi emulyatsiyasi
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →