TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #5558 4.83K
#mulohaza_uchun #maslahat

Pul jamgʻarishning ajoyib usuli 💰

Pul jamgʻatishning turli-tuman usullari bor. Bugun ulardan biri haqida gapirib beramiz.

Shunday xarajatlarimiz bor, ular unchalik muhim emas, ammo oy va yil davomida umumiy hisoblasak – byudjetimizga anchagina ziyon keltirganini koʻrishimiz mumkin. Masalan, tashqarida qahva ichish, koʻp kiyim sotib olish, haddan ziyod shirinlik iste’mol qilish va hokazo. Har kimda bunday odatlar topiladi. Ularni kamaytirish va birvarakay pul jamgʻarishning bir yoʻli bor:

❗️Deylik, har safar shirinlik sotib olayotganingizda, uning narxiga teng miqdordagi summani jamgʻarib qoʻyasiz. Jamgʻarishga alohida pul ajratayotganingiz “jazo” boʻlsa-da, bu siz uchun yoqimli natijaga ega. Istasangiz, shirinlik narzidan koʻproq pulni jamgʻarmangizga tashlab qoʻyishingiz mumkin.

‼️ Bu usulning biroz boshqacha varianti: shirinlik sotib olishga endi taraddudlanayotganingizda, uning pulini jamgʻarmangizga joʻnatish. Shunda oʻzingizdan soʻrab koʻring: haliyam shirinlik yemoqchimisiz? Chunki pul jamgʻarishning oʻzi kayfiyatingizni koʻtaradi va shirinlik sotib olish ehtiyojingiz susayishi mumkin.

Bir necha oyda yirik miqdordagi summa shakllanishi – yoqimli sovgʻaga aylanishi tayin. Ammo uni keraksiz xarajatlarga ishlatib qoʻymang! 😉

📝 Manba: Xabardor.uz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Pul boshqaruvi ustalaridan 4 ta moliyaviy maslahat
• Daromad va xarajatlarni qayd etib borish uchun “Monefy Pro” mobil ilovasi
• Android-qurilmalarda internet-trafikni tejash yo‘llari
• Android’dan iPhone’ga o‘tdingizmi? Unda buni, albatta, o‘qing!
• Onlayn audio tinglaganda qancha megabaytingiz ketadi?
• YouTube tomosha qilayotib, megabaytingizni 15 baravar tejash yo‘li bor!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →