TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #3577 4.74K
#smartfon #android #iPhone

Android’dan iPhone’ga o‘tdingizmi? Unda buni, albatta, o‘qing! 📱📲

Android operatsion tizimli smartfon ishlatadiganlar iPhone olsa, unga birdaniga ko‘nikib ketishi qiyin kechadi. Chunki, bu ikkala smartfonning bir-biridan farqli jihatlari yer bilan osmoncha. Quyida e’tiboringizga yangi “tishlangan olma”ngizga ko‘nikishga yordam beradigan tavsiyalarni havola etamiz...

1️⃣-tavsiya

iPhone’da “proshivka” tez-tez yangilab turiladi. Qurilma yangilash vaqtini sizga doim eslatib, ko‘rsatib turadi. Bu yangilashni doim o‘z vaqtida amalga oshiring. Bu iPhone’ingizning yanada yaxshi va yangi imkoniyatlar bilan ishlashini ta’minlaydi.

2️⃣-tavsiya

Kechqurun suratga yoki tavsirga olish jarayonlarida NeuralCam deb ataluvchi ilovadan foydalaning. Ushbu ilova orqali suratlaringiz yorug‘lik kam paytda ham yaxshi chiqadi.

3️⃣-tavsiya

“Favqulodda qo‘ng‘iroq”lar funksiyasini sozlab qo‘ying. Bu favqulodda holatlarda tez va oson qo‘ng‘iroq qilishga yordam beradi.

4️⃣-tavsiya

iPhone’da ko‘proq qorong‘u rejimdan foydalaning. Bu telefon quvvatini tejashga yordam beradi. “Quvvatni tejash” rejimini ham e’tiborsiz qoldirmang.

5️⃣-tavsiya

Yangi qurilmangizda tez va oson matn yozish uchun:

• Klaviaturaning istalgan bir yeriga barmoqni uzmay bosib turilsa, u tachpad (bunda kursorni istagan yerga osngina surish, joylashtirish mumkin) rejimiga o‘tib qoladi.

• Matndagi ma’lum bir so‘zdan nusxa ko‘chirish, ulashish yoki kesib olish uchun o‘sha so‘zga bir marta bosishning o‘zi kifoya. So‘zning yuqori qismida siz qidirgan vazifalar paydo bo‘ladi.

• “iPhone’ni topish” funksiyasining oflayn-qidiruv bo‘lmasini soz holatga keltirib, “so‘nggi geopozitsiya” qismidagi tugmani yoqib qo‘ying. Bu geolokatsiya haqidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda saqlash imkonini beradi. Smartfoningiz quvvati kamayib, o‘chay deganda ham, kerakli lokatsiyani iCloud orqali ko‘rib olishingiz mumkin. Faqat Bluetooth’ni o‘chirib qo‘ymang. Aks holda oflayn-qidiruv ishlamaydi.

📝 Manba: Xabardor.uz

👨🏻‍💻 “IT-specialist” kanaliga ulanish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAEI9ZzrOPL6R7x1Fvg
  • 👍 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →