TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #3902 12.9K
#bilasizmi #internet

Onlayn audio tinglaganda qancha megabaytingiz ketadi? 🎧👀

Internet rivojlanishi barobarida onlayn servislar ham ommalashib bormoqda va shu yo‘nalishlardan biri – striming xizmatlaridir. Bu – audio yoki videoni bevosita internet orqali uzatish texnologiyasidir.

Xo‘sh, smartfon orqali internetdan audio (musiqa, qo‘shiq, audiokitob, ovozli xabar...) tinglaganda necha megabayt ketishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Android Authority nashri tahririyati shuni maxsus o‘rganib chiqib, audiostriming jarayonida qancha trafik sarflanishini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, audio uzatilish sifati (bitreyti) bilan bog‘liq holda, strimingda quyidagicha trafik talab etiladi:

1️⃣. Past sifat (95 Kb/soniyalik bitreyt) – daqiqasiga 0,72 MB yoki soatiga 43,2 MB.
2️⃣. O‘rtacha sifat (160 Kb/soniyalik bitreyt) – daqiqasiga 1,2 MB yoki soatiga 72 MB.
3️⃣. Yuqori sifat (320 Kb/soniyalik bitreyt) – daqiqasiga 2,4 MB yoki soatiga 115,2 MB.

Aytish kerakki, bular – o‘rtacha ko‘rsatkichlardir, ya’ni saytning va audioning xususiyatlariga ko‘ra sarflanuvchi trafik hajmi bundan sal farqlanishi mumkin.

Ayrim servislar striming jarayonida tovushning sifatini internet tezligidan kelib chiqib avtomatik sozlaydi. Aksariyat hollarda esa bu parametrni sozlash foydalanuvchining ixtiyoriga havola etiladi.

📝 DiMaX @terabaytuz

ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Musiqa kimniki? Smartfon oson aniqlab beradi.
• YouTube tomosha qilayotib, megabaytingizni 15 baravar tejash yo‘li bor!

👨🏻‍💻@itspecuz | Mundarija
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →