TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #2169 5.1K
​​#smartfon #internet #maslahat

🎼 Musiqa kimniki? Smartfon oson aniqlab beradi 📲

Qulog‘ingizga ajoyib musiqa chalinib qoldi, ichi-ichingizgacha titratib yuboryapti, butun vujudingiz quloqqa aylanib tinglayapsiz. Ammo qo‘shiq (yoki musiqa) nomini, muallifini bilmaysiz. Qani imkoni bo‘lsa-yu taronani ko‘chirib olib xumoridan chiqquncha eshitsangiz.

Albatta, internet, ijtimoiy tarmoqlar bor... Biroq bundan-da oqilona vositalar bor, ular ham vaqtdan yutish, ham bo‘lar-bo‘lmas savollar bilan birovlarning boshini qotirib yurish tashvishidan sizni xalos qiladi.

Demak, avvalo, tinglayotgan kuyingiz kimnikiligini aniqlash uchun sizga “Android” yoki “iOS” platformasida ishlovchi smartfon, internet va mobil ilova kerak. Hozir bunday ilovalar juda ko‘p, biz eng oddiy va samaralilariga to‘xtalamiz.

“Shazam”

Bu ro‘yxatdagi “birinchi raqamli” ilova — “Shazam”. “iPhone”lar (“App Store”) va “Android”lar (“Google Play”)ga mutlaqo tekinga o‘rnatib olish mumkin. Ko‘chiramiz, o‘rnatamiz, mikrofondan foydalanishga ruxsat beramiz, aks holda ko‘ngildagidek ishlamaydi.

Taronani topish uchun ilovaning o‘rtasidagi katta tugma bosiladi va smartfon ovoz manbai — radio, televizor va hokazolarga yaqinlashtiriladi.

Ilova chet el qo‘shiqlarini xamirdan qil sug‘urgandek oson aniqlab beradi, deyarli 100 foizlik natija. Ammo o‘zimizning mashhur qo‘shiqchilar va taronalarni topishi ham chakki emas. Masalan, “Bolalar”, Ravshan Sobirov, Shohruxxon, Aziz Rajabiy...

Soniyalar ichida nafaqat tarona nomi, balki uning ijrochisi, musiqiy albom, to‘plam, hatto u joylashtirilgan rasmiy saytga havola (bo‘lsa, albatta) taqdim etiladi.

“SoundHound”

Bu ilova ham mutlaqo bepul va “iOS” hamda “Android”larga mo‘ljallangan. Ishlash prinsipi deyarli bir xil: o‘rtasidagi katta tugma bosilsa taronani qidirishga tushadi.

Ilova chet el kompozitsiyalarini deyarli 100 foiz aniqlikda topib beradi. O‘zimizning xonandalarimizni topishi uchun ular nafaqat “yuqori proba”ga mansub, qolaversa, chet el internet resurslarida ham ancha-muncha ommalashgan bo‘lishlari lozim. Bu borada ustunlik to‘liq “Shazam” tomonida.

Biroq “SoundHound” bir o‘ziga xos jihati bor — qo‘shiqlarni xirgoyi qilsangiz ham imkon qadar topishga harakat qiladi.

📝 Manba: Xabar.uz

👨🏻‍💻@itspecuz
More from @itspecuz
  1. Oct 16, 2026#word #mulohaza_uchun #maslahat #operatsion_tizim #telegramda_kanal_yuritish Telegram'da y…
  2. Oct 16, 2026Google'ning eng kuchli sun'iy intellekt Gemini Pro obunasining qiymati 18 oyga 380$. Hozir…
  3. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  4. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  5. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  6. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →