TGViewer
IT specialist IT specialist @itspecuz · 8.67K subscribers
Post #3725 8.67K
#bilasizmi #internet

YouTube tomosha qilayotib, megabaytingizni 15 baravar tejash yo‘li bor! 🎞

Aksariyat biladiki, oqimli video tomosha qilishda internet-trafik ko‘p sarflanadi, ayniqsa, lavha yuqori sifatda olingan bo‘lsa. Agar internetingiz tezligi past yoki trafik miqdori cheklangan bo‘lsa, u holda pastroq sifatda ko‘rishga to‘g‘ri keladi.

Shuni inobatga olib, eng ommabop videoxosting – YouTube tarmog‘ida roliklarni turli sifatlarda tomosha qilish imkoni berilgan. Lekin ularning har birida qancha trafik sarflanishini hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Qisqacha aytganda, bir daqiqalik videolavhani turli sifat rejimlarida ko‘rganda, quyidagicha miqdorlarda trafik sarflanadi:

• 144p — 1,90 MB
• 240p — 2,70 MB
• 360p — 4,40 MB
• 480p — 7,70 MB
• 720p — 14,50 MB
• 1080p — 27,61 MB

Endi shundan kelib chiqib, biror rolikni har bir rejimda tomosha qilishga ketadigan trafikni hisoblash mumkin. Ya’ni, videolavha davomiyligi necha daqiqaga teng bo‘lsa, yuqoridagi ro‘yxatda ko‘rsatilgan megabaytni o‘sha songa ko‘paytirasiz.

Demak, YouTube’dagi roppa-rosa bir soatlik videoni o‘rtacha rezolyusiyada – 480p rejimida ko‘rish 460 megabayt “turadi”. Ayni shu lavhaning o‘zini Full HD formatida (1080p rejimida) tomosha qilsangiz esa – naq 1,7 gigabaytga “tushasiz”! Agarda uni eng past – 144p rejimida ko‘rsangiz, salkam o‘n besh baravarga kam – taxminan 114 megabayt trafik sarflanadi, xolos.

Videoni ko‘rish rejimini tanlash uchun YouTube mobil ilovasida yuqori o‘ng burchakdagi vertikal uch nuqta belgisini bosasiz. Ochilgan menyudan Quality (yoki “Качество”) bandini tanlab, kerakli aniqlik rejimini belgilab qo‘yasiz.

📝 DiMaX @terabaytuz

👨🏻‍💻@itspecuz
  • 👍 1
  • 🤬 1
More from @itspecuz
  1. Oct 15, 2026#mulohaza_uchun #it_humor Sayt sizni premium obunani xarid qilishga majburlaganida... 😏 �…
  2. Oct 15, 2026🔥 BARCHA IT VA TEXNIKA YECHIMLARI BIR JOYDA — ZARINLIGHT! Sizga yangi, sifatli va hamyonb…
  3. Oct 9, 2026ЭРИ нимага керак? Қонунчиликда белгиланган шартларга мувофиқ, ЭРИнгиз билан имзолаган элек…
  4. Oct 8, 2026👤 JShShIR: 14 ta raqam nimani anglatadi? 🪪 Aksariyatimiz davlat idoralari yoki banklarda…
  5. Oct 8, 2026#bilasizmi #texnologiya #smartfon Texnologiya ishqibozi tomonidan issiq havoda o‘yin o‘yna…
  6. Oct 6, 2026#excel 🖨 Katta jadvallarni chop etish Jadval chop etish vaqtida bir sahifaga sig‘magan pa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →