TGViewer
Channel Public Channel
IT Park Surxondaryo

IT Park Surxondaryo

@itparksurxon

IT-dunyosiga biz bilan birga qadam tashlang!

Surxondaryo viloyati IT Park

🧑‍💻support: @itcentersurxondaryosupport
☎️tel: +998990361199

🌐https://instagram.com/itpark_surxondaryo/
Subscribers
241
Photos
2.1K
Videos
174
Links
841
Recent Posts 11 shown
Post #2405 1.74K
💻 Termizda ilk bor logistika kompaniyalari rahbarlari ishtirokida biznes-uchrashuv tashkil etildi!

Termiz shahrida IT, biznes-jarayonlar autsorsingi (BPO) va logistika sohalarida yangi hamkorlik imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan biznes-lanch bo‘lib o‘tdi.

Ushbu formatdagi tadbir Termizda ilk bor tashkil etilgani bilan ahamiyatlidir. Unda Toshkent, Samarqand va Buxoro kabi hududlardan tashrif buyurgan logistika kompaniyalari egalari (owners) ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashish, mavjud muammolarni muhokama qilish va yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

🤝 Uchrashuvda Bookit Group LLC, Noor Express, Rafer Cargo va SSMuz kompaniyalari vakillari qatnashdi. Muhokamalar davomida logistika sohasini raqamlashtirish, BPO xizmatlarini rivojlantirish, biznes jarayonlarini takomillashtirish hamda Termiz shahrining autsorsing salohiyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Shuningdek, ishtirokchilarga ZeroRisk va Local2Global dasturlari taqdim etilib, kompaniyalar o‘rtasida yangi hamkorlik yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

📈
Uchrashuvning muhim natijalaridan biri —
Rafer Cargo
kompaniyasining Termiz shahrida rasmiy filialini ochish bo‘yicha kelishuvga erishilgani bo‘ldi.


🌐 Mazkur tashabbus hududda yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy yoshlarni IT, BPO va logistika sohalariga jalb qilish, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda hududlararo biznes hamkorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

🤝 Termizda ilk qadam — yangi hamkorliklar va yangi iqtisodiy imkoniyatlar sari!

Telegram | Instagram |
Post #2404 54

Forwarded from IT Park Uzbekistan

🚀 ICPC Uzbekistan 2026/2027 mavsumi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi xalqaro dasturlash olimpiadasining (ICPC) saralash bosqichida ishtirok etishga taklif etiladi.

🗓 1/8 saralash bosqichi jadvali — 18-oktabr:
🔹 10:40–11:40 — sinov bosqichi
🔹 12:00–17:00 — asosiy bosqich

📍 Musobaqa O‘zbekistonning barcha hududlarida oflayn formatda o‘tkaziladi.

Musobaqa o‘tkaziladigan joylar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — NGTU
Andijon viloyati — Digital City
Buxoro viloyati — IT Park Buxoro
Jizzax viloyati — Sambhram University
Qashqadaryo viloyati — Qarshi State University
Navoiy viloyati — IT Park Navoiy
Namangan viloyati — NGTU
Samarqand viloyati — Al-Xorazmiy loyihasi maydonchasi
Surxondaryo viloyati — IT Park Surxondaryo
Sirdaryo viloyati — Kelajak markazi
Toshkent viloyati — TATU
Farg‘ona viloyati — Fergana Digital Hub
Xorazm viloyati — IT Park Xorazm


⏰ Jamoalarni ro‘yxatdan o‘tkazishning oxirgi muddati — 17-oktabr, soat 12:00.

🖥 Qanday ishtirok etish mumkin?
➖ icpc.global saytida akkaunt yarating yoki mavjud akkauntingizga kiring.
➖ Jamoani ro‘yxatdan o‘tkazish va ishtirokchilar profillarini to‘ldirish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishing.

‼️ Muhim: akkaunt yaratish — bu faqat birinchi qadam. Ro‘yxatdan o‘tishni yakunlash uchun jamoani ro‘yxatdan o‘tkazish hamda murabbiy va barcha ishtirokchilarning profillarini to‘ldirish kerak.


—

🚀 Registration for the ICPC Uzbekistan 2026/2027 season is now open!

University students across Uzbekistan are invited to participate in the qualification round of the International Collegiate Programming Contest (ICPC).

🗓 Round of 16 qualification schedule — October 18:
🔹 10:40–11:40 — practice round
🔹 12:00–17:00 — main round

📍 The competition will be held offline across all regions of Uzbekistan.

Competition venues:
Republic of Karakalpakstan — NGTU
Andijan Region — Digital City
Bukhara Region — IT Park Bukhara
Jizzakh Region — Sambhram University
Kashkadarya Region — Qarshi State University
Navoi Region — IT Park Navoi
Namangan Region — NGTU
Samarkand Region — Al-Khwarizmi Project Venue
Surkhandarya Region — IT Park Surkhandarya
Syrdarya Region — Kelajak Markazi
Tashkent Region — TUIT
Fergana Region — Fergana Digital Hub
Khorezm Region — IT Park Khorezm


⏰ Team registration deadline: October 17, at 12:00 noon.

🖥 How to participate
➖ Create an account at icpc.global or sign in to your existing account.
➖ Review the instructions for team registration and completing participant profiles.

‼️ Important: Creating an account is only the first step. To complete registration, the team must be registered, and the coach and all team members must complete their profiles.


Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn
  • ❤ 1
Post #2403 97

Forwarded from Prime Termez Logistics

🚛 Logistika sohasini o‘rganishni biz bilan boshlang!

Birinchi guruhimizda dars jarayonlari allaqachon boshlandi. 📚
Nazariy bilimlar bilan birga, amaliy mashg‘ulotlar orqali real logistika jarayonlarini o‘rganish davom etmoqda.

🔥 Yangi imkoniyat!
Hozirda 2-guruh uchun qabul ochiq!

Agar siz ham logistika sohasini o‘rganib, kelajakda shu yo‘nalishda ishlashni istasangiz — yangi guruhimizga qo‘shiling.

📩 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun biz bilan bog‘laning.
@Prime_termez_logistics
Post #2401 162

Forwarded from Termiz shahridagi Prezident maktabi

#Hamkorlik
#Prezident_maktabi
#IT_Park

🤝Termiz shahridagi Prezident maktabi va IT Park Surxondaryo filiali o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi!

🔗Mazkur hamkorlik doirasida 2026–2027-o‘quv yilida o‘quvchilar uchun IT Park va uning rezident kompaniyalari mutaxassislari ishtirokida master-klasslar, qisqa muddatli amaliyotlar hamda interfaol workshoplar tashkil etiladi.

✨Shuningdek, 9–11-sinf o‘quvchilarini sun’iy intellekt, dasturlash va real muhandislik loyihalariga jalb qilish, ularning g‘oyalarini hayotga tadbiq qilishda mentorlik ko‘magini ko‘rsatish hamda “Career Day” tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu esa yoshlarning zamonaviy raqamli ko‘nikmalarini oshirib, kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishida muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Bizni kuzatib boring


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Post #2397 580
⚽️ Surxondaryoda IT Park rezidentlari o‘rtasida mini futbol turniri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyatida IT Park Uzbekistan rezident kompaniyalari o‘rtasida mini futbol turniri tashkil etildi.

🏆 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tgan turnirda 10 ta rezident kompaniya jamoasi ishtirok etdi.

Musobaqa davomida ishtirokchilar nafaqat sport mahorati, balki jamoaviylik, hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan intilishini ham namoyish etdi.

Qizg‘in va murosasiz bahslar yakuniga ko‘ra:

🥇 1-o‘rin — “Brain IT” MChJ
🥈 2-o‘rin — “Joylinks IT Academy” MChJ
🥉 3-o‘rin — “IT Call” MChJ

🎉 G‘olib va sovrindor jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mazkur turnir IT Park Uzbekistan rezidentlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash, jamoaviy ruhni oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qildi.
  • ❤ 1
Post #2395 2.87K
🚀Startup Studio: g‘oyadan muvaffaqiyatli startap sari

IT Park Surxondaryo filialida tashkil etilgan Startup Studio yoshlar, talabalar va startap jamoalari uchun o‘z loyihalarini rivojlantirish va yangi hamkorlar topish imkonini beruvchi zamonaviy maydondir.

Startup Studio’da siz:
🔹 startap g‘oyangiz ustida ishlashingiz;
🔹 jamoa shakllantirishingiz va hamfikrlar topishingiz;
🔹 mentor va soha mutaxassislaridan maslahat olishingiz;
🔹 trening, seminar va master-klasslarda qatnashishingiz;
🔹 loyihangizni pitch va investorlar bilan uchrashuvlarga tayyorlashingiz mumkin.


👤 Kimlar uchun?
Talabalar, yosh startapchilar, IT va texnologiyaga qiziquvchilar, innovatsion g‘oya egalari hamda o‘z biznesini boshlashni rejalashtirayotgan yoshlar uchun.

📍 Manzil: Termiz shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 28-B uy
🧭 Mo‘ljal: “Feedup” ro‘parasi, IT Park Surxondaryo filiali

🚀 Startup Studio hamjamiyatiga qo‘shiling: Telegram guruhiga qo‘shilish

🏢 Startup Studio bilan g‘oyangizni real loyihaga aylantiring.
Post #2394 171

Forwarded from IT PARK Capital

📚 O‘quv markazingizni rivojlanishni xohlaysiz, ammo o‘z mablag‘laringiz endi yetarli emasmi?

Tasavvur qiling: o‘quv markazida talabalar soni ortmoqda, yangi yo‘nalishlar paydo bo‘lmoqda, texnika, qo‘shimcha auditoriyalar yoki kuchli o‘qituvchilar jamoasi kerak.

💸 O‘sish uchun imkoniyatlar bor — faqat moliyalashtirish yetishmayapti.

Aynan shunday vazifalar uchun IT Park Capital ta’lim loyihalari uchun maqsadli qarz taklif etadi.

Uning yordamida loyihani rivojlantirishni moliyalashtirish, infratuzilmani kengaytirish, yangi yo‘nalishlarni ishga tushirish, jamoani kuchaytirish yoki biznesni keyingi bosqichga olib chiqishga yordam beradigan boshqa vazifalarni amalga oshirish mumkin.


💰 Qarz summasi — 100 mln so‘mdan 5 mlrd so‘mgacha.
💱 Imtiyozli davr — 6 oygacha
💵 To‘lov muddati — 3 yilgacha.

Agar o‘quv markazingizning rivojlanish rejasi bo‘lsa — ehtimol, unga shunchaki to‘g‘ri moliyaviy vosita kerakdir.

😁 IT Park Capital kengayish rejalarini real loyihalarga aylantirishga yordam beradi.

Site | Telegram | LinkedIn | Instagram | Facebook
Post #2393 784
⚽️MINI FUTBOL TURNIRIGA TAKLIF QILAMIZ! 🏆

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida Surxondaryo viloyatidagi IT Park rezidentlari o‘rtasida mini futbol turniri tashkil etilmoqda! 🇺🇿

🗓Sana: 2026-yil 26-avgust
📌Manzil: Termiz shahri, Uztelekom binosi

👥Jamoa tarkibi: 1 ta jamoada 10 nafargacha ishtirokchi

⚽️Turnir — IT Park rezidentlari o‘rtasida sog‘lom raqobatni rivojlantirish, jamoaviylikni mustahkamlash va do‘stona muhit yaratishga qaratilgan.

🏆IT Park rezidentlarini o‘z jamoalari bilan faol ishtirok etishga chorlaymiz!

📝Ro‘yxatdan o‘tish:
Ro‘yxatdan o‘tish havolasi

Batafsil ma’lumot uchun:

Dilshod Maxmudov
☎️+998 96 699 68 68
🤝Bir jamoa — bir maqsad — bir g‘alaba!
Post #2387 313
🎮“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatida kibersport musobaqasi bo‘lib o‘tdi!

Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda IT Park Surxondaryo viloyati filiali hamkorligida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida 13-avgust kuni Surxondaryo viloyatida yoshlar o‘rtasida PUBG Mobile yo‘nalishi bo‘yicha kibersport musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kibersportni ommalashtirish hamda ularning tezkor fikrlash, strategik qaror qabul qilish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.

🎯14–30 yoshdagi yoshlar musobaqada faol ishtirok etib, o‘zlarining mahorati, chaqqonligi va jamoaviy ruhini namoyon etdilar.

🏆Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Not Rock
🥈 2-o‘rin — IT Call
🥉 3-o‘rin — Crazy

🏆G‘olib va sovrindorlarni samimiy muborakbod etamiz!

Barcha ishtirokchilarga faol qatnashgani va yuqori kayfiyatdagi bellashuv uchun minnatdorlik bildiramiz! 🎮🔥
  • 👍 2
  • ⚡ 1
  • 🔥 1
Older posts →

About this channel

How can I read @itparksurxon without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for IT Park Surxondaryo: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does IT Park Surxondaryo have?
IT Park Surxondaryo (@itparksurxon) has 241 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does IT Park Surxondaryo know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →