🎮“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatida kibersport musobaqasi bo‘lib o‘tdi!
Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda IT Park Surxondaryo viloyati filiali hamkorligida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida 13-avgust kuni Surxondaryo viloyatida yoshlar o‘rtasida PUBG Mobile yo‘nalishi bo‘yicha kibersport musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kibersportni ommalashtirish hamda ularning tezkor fikrlash, strategik qaror qabul qilish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
🎯14–30 yoshdagi yoshlar musobaqada faol ishtirok etib, o‘zlarining mahorati, chaqqonligi va jamoaviy ruhini namoyon etdilar.
🏆Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Not Rock
🥈 2-o‘rin — IT Call
🥉 3-o‘rin — Crazy
🏆G‘olib va sovrindorlarni samimiy muborakbod etamiz!
Barcha ishtirokchilarga faol qatnashgani va yuqori kayfiyatdagi bellashuv uchun minnatdorlik bildiramiz! 🎮🔥
Post #2387
316






- 👍 2
- ⚡ 1
- 🔥 1