TGViewer
IT Park Surxondaryo IT Park Surxondaryo @itparksurxon · 241 subscribers
Post #2397 580
⚽️ Surxondaryoda IT Park rezidentlari o‘rtasida mini futbol turniri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyatida IT Park Uzbekistan rezident kompaniyalari o‘rtasida mini futbol turniri tashkil etildi.

🏆 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tgan turnirda 10 ta rezident kompaniya jamoasi ishtirok etdi.

Musobaqa davomida ishtirokchilar nafaqat sport mahorati, balki jamoaviylik, hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan intilishini ham namoyish etdi.

Qizg‘in va murosasiz bahslar yakuniga ko‘ra:

🥇 1-o‘rin — “Brain IT” MChJ
🥈 2-o‘rin — “Joylinks IT Academy” MChJ
🥉 3-o‘rin — “IT Call” MChJ

🎉 G‘olib va sovrindor jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Mazkur turnir IT Park Uzbekistan rezidentlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash, jamoaviy ruhni oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qildi.
  • ❤ 1
More from @itparksurxon
  1. Oct 12, 2026💻 Termizda ilk bor logistika kompaniyalari rahbarlari ishtirokida biznes-uchrashuv tashki…
  2. Oct 11, 2026🚀 ICPC Uzbekistan 2026/2027 mavsumi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! O‘zbekistondagi ba…
  3. Oct 7, 2026🚛 Logistika sohasini o‘rganishni biz bilan boshlang! Birinchi guruhimizda dars jarayonlar…
  4. Oct 2, 2026Post #2402
  5. Sep 20, 2026#Hamkorlik #Prezident_maktabi #IT_Park 🤝Termiz shahridagi Prezident maktabi va IT Park Su…
  6. Aug 27, 2026Post #2396
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →