TGViewer
Channel Public Channel
Irmoqchalar

Irmoqchalar

@irmoqchalar

Irmoqchalar – bolalar kitobxonlik klubi
Kichik yoshlardan to 7-sinfgacha bo‘lgan barcha bolalarni biz bilan birga o‘qishga taklif qilamiz!
Bu yerda qiziqarli kitoblar tanlanadi, savol-javoblar va online suhbatlar o‘tkaziladi.
Subscribers
217
Photos
115
Videos
9
Links
43
Recent Posts 17 shown
Post #164 73
#oilaviy_kun

Uy ishlari orasida ham farzandingiz bilan mazmunli vaqt o‘tkazish mumkin

Yakshanba kuni ota-onalar ko‘pincha uy yumushlari bilan band bo‘lishadi. Bunday paytda barcha ishlarni chetga surish shart emas — ayrim mashg‘ulotlarni farzandingiz bilan birga maroqli o‘tkazish mumkin.

Birga yengil yumush bajaring.

Farzandingizga yoshiga mos, xavfsiz ishni topshiring: kitoblarni javonga terish, paypoqlarni juftlash yoki dasturxon tuzishga ko‘maklashish. Ish orasida kitobdagi qahramonlar haqida suhbatlashing.

Siz band bo‘lganingizda, unga kichik ijodiy vazifa bering.

O‘qigan hikoyasidan yoqqan sahnani chizsin yoki qahramonga yangi yakun o‘ylab topsin. Ishingiz tugagach, rasmini sizga ko‘rsatib, hikoyasini aytib bersin.

Birgalikda mutolaa uchun fursat toping.

Uy yumushlari orasida kichik tanaffus qilib, navbat bilan kitob o‘qing yoki farzandingizdan bugun o‘qiganlarini so‘zlab berishini so‘rang.

Kunni kichik o‘yin bilan yakunlang.

“Bugun kimga yordam berdik?”, “Kitob qahramonimiz uy ishida qanday yordam berardi?” kabi savollar suhbatni qiziqarli qiladi.

Yakshanba kuni barcha ishlarni tugatish muhim, ammo farzandingiz bilan bo‘lishilgan samimiy lahzalar ham kunni unutilmas qiladi.

Agar sizda ham bu kunni mazmunli o‘tkazish borasida o‘z usullaringiz, oilaviy anʼanaga aylangan mashg‘ulotlaringiz bo‘lsa, biz bilan ham bo‘lishing. Izohlarda natija beradigan tavsiyalaringizni qoldiring!
Post #163 78
#Ota_onaga_tavsiya

Farzandingizni kitob bilan qanday do‘stlashtirish mumkin?

Bolaga shunchaki kitob o‘qib berishning o‘zi yetarli emas. U bilan birga o‘qing, suhbatlashing va o‘qiganlarini muhokama qiling. Bunday usul interaktiv mutolaa deb ataladi.

Mutolaa jarayonida:

— ko‘proq savol bering: “Nega?”, “Seningcha, keyin nima bo‘ladi?”, “Sen uning o‘rnida bo‘lsang nima qilarding?”;

— rasmlar va kichik detallarga birgalikda e’tibor qarating;

— voqealarni rolga kirib so‘zlab bering;

— qahramonlarning xatti-harakatlari haqida fikrlashing;

— voqealarni bolaning hayotidagi holatlar bilan bog‘lang;

— uning fikrini diqqat bilan tinglang va erkin gapirishiga imkon bering;

— sevimli hikoyalarini o‘z so‘zlari bilan qayta aytib berishga undang.

Eng muhimi: mutolaa paytida bola faqat tinglovchi bo‘lib qolmasin. U savol bersin, fikrlasin, taxmin qilsin va siz bilan suhbatlashsin.

Shunda kitob o‘qish oddiy mashg‘ulot emas, ota-ona va farzand o‘rtasidagi samimiy suhbatga aylanadi.

Kitobga mehr majburlash bilan emas, birga o‘qilgan go‘zal lahzalar bilan uyg‘onadi.
  • 🥰 3
  • 👍 1
Post #162 120
#kun_tavsiyasi

🤩 Farzandingizga ba’zan kitobni o‘zi tanlashiga imkon bering.

Muqovasi yoqdimi? Nomi qiziqtirdimi? Yoki rasmlari e’tiborini tortdimi? Tanlovining sababi siz kutgandek bo‘lmasligi mumkin — buning ahamiyati yo‘q.

🌱 Muhimi, bola “Bu kitobni men tanladim” degan hissni tuyishi.

Chunki kitobni doim kattalar tanlab bersa, mutolaa vazifaga aylanishi mumkin. O‘zi tanlagan kitob esa unda qiziqish, mustaqillik va o‘qishga ichki istak uyg‘otadi.

Irmoqchalar — kitob qanotida bilimlar sari biz bilan!
  • 🔥 3
Post #161 144
#xayrli_tong

Xayrli tong, Irmoqchalar!

Kuningizni uyingizdagi farishtalar — buvi-buvalaringiz, ota-onangizning duosini olib boshlang.


Bugungi kuningiz quvonchli voqealar, chiroyli kayfiyat va yaxshi xabarlarga boy bo‘lsin! Har bir ishingizda omad sizga hamroh bo‘lsin.

Irmoqchalar — kitob qanotida bilimlar sari biz bilan!
  • ❤ 3
  • 🔥 3
  • 🥰 3
Post #160 168
#asardan_iqtibos

✨… Odam bolalari ham , shaytonlar ham Yaratganning oldida ojiz…✨

📜 Erkin Malik

« Shaytonvachchaninig nayranglari » kitobidan
  • 🔥 3
  • 🏆 2
  • ❤ 1
  • 🥰 1
Post #158 302
#navbatdagi_mutolaa

⚡️1 yilda 22-kitob!

🎉 Irmoqchalar tashkil etilganiga 1 yil toʻldi! Bu vaqt ichida Irmoqchalarimiz 22 ta kitobni oʻqib tugatishdi.

23-bo‘lib esa:

1-guruhimizda Oskar Uayld qalamiga mansub "Yulduz bola" kitobi;
2-guruhimiz uchun esa Saʼdulla Quronov qalamiga mansub "Gallaktikadan bir kun" kitobining 2-qismi tanlandi.

📚Sizchi? Oxirgi marta farzandingiz bilan birgalikda qachon kitob mutolaa qildingiz? Farzandingizga qachon kitob olib berib, uni oʻqib berdingiz?

Irmoqchalarning safida oʻqishni bilmaydigan kichik yoshdagi bolajonlar ham bor. Lekin oʻqishni bilmaganliklari ularga bu borada toʻsiq boʻlolmaydi. Ular ota-onalari yordamida kitoblarni oʻqidilar, xulosalarini bayon qildilar.

❕Bolalarda kitobxonlikka mehr uygʻotish oson, lekin uni doimiy odatga aylantirish qiyin.

✅ Bu borada biz sizga yordam beramiz.

—Bolalar yoshiga mos kitoblarni tanlab tavsiya etamiz;
—U kitoblar yuzasidan tizimli topshiriqlar berib, ularni nazorat qilamiz;
—Shu orqali bolalarda sekin astalik bilan foydali odatni shakllantirishga yordam beramiz.

Bunda esa albatta ota-onalarning koʻmaklari beqiyos!

Buning uchun nima qilishim kerak deysizmi? 🌱

Buning uchun @Irmoqlar_bosh_koordinatori profiliga "Irmoqcha" deb yozing. Sizga loyiha, guruhlar va ro‘yxatdan o‘tish tartibi haqida batafsil ma'lumot yuboriladi.
  • ❤ 2
  • 👏 1
  • 🏆 1
Post #157 111

Forwarded from Peshqadamlar Karvoni

🎉 Kuni kecha “Irmoqchalar” faoliyat boshlaganiga 1 yil to’lgani munosabati bilan chiroyli tadbir bo‘lib o‘tdi.

✨ Birgalikda o‘tgan mazmunli kunlar, amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar sarhisob qilindi.

🎥 Tadbirdan to‘liq lavhani tez kunlarda e’tiboringizga havola qilamiz.

🌐 Telegram
3️⃣ Instagram
🌐 YouTube
4️⃣ Facebook
  • 🏆 4
  • ❤ 1
Post #156 177

Forwarded from Peshqadamlar Karvoni

#Irmoqchalar

Kitobsevar avlod

📚 Bir yil davomida kitob bilan do‘stlashgan, mutolaa bilan ulg‘ayayotgan, har bir sahifadan yangi olam kashf etayotgan bolajonlarimizning quvonchli kuni yaqin!

✨ Irmoqchalar loyihasining 1 yilligi hamda "Irmoqlar bilan 30 kitob" marafoniga bag‘ishlab tashkil etilayotgan "Kitobsevar avlod" tadbiriga barchangizni taklif qilamiz.

Tadbir davomida sizni:

🟤 loyihalarimizning bir yillik sarhisobi;
🟤 ustozlar bilan samimiy va mazmunli suhbat;
🟤 kitobxonlar uchun qiziqarli o‘yin va topshiriqlar;
🟤 faol kitobxonlar bilan tanishuv;
🟤 yana bir qancha yangi taassurotlar va unutilmas lahzalar kutmoqda.

📅 19-sentabr soat 10:00 da
📍 Manzil: Registon xususiy maktabi (chilonzor)

🎉 Tashrif buyuring — bu kunni biz bilan birga nishonlang!

☺️ Dress code: yuzingizda tabassum, qo‘lingizda kitob bilan keling!

🌐 Telegram
3️⃣ Instagram
🌐 YouTube
4️⃣ Facebook
  • 🎉 3
  • 🔥 1
Post #155 171

Forwarded from Peshqadamlar Karvoni

#Irmoqchalar

📚 “Irmoqchalar” tashkil qilingandan so’ng bolalarni ham sekin-asta kitobxonlikka o’rgata boshladik.

😍 Bugun ularni natijalarini ko’rish quvonchli.

✨ Mayli, yodlab olib gapirsin. Lekin kitobni yaxshi ko’rib o’qigani sezilib turibdi.

💡 Aytgancha, “Irmoqchalar”imizda ajoyib yangilik bor. Bu yangilik bilan soat 19:00 da tanishtiramiz.

🌐 Telegram
3️⃣ Instagram
🌐 YouTube
4️⃣ Facebook
  • 🥰 5
Post #153 310
#navbatdagi_mutolaa

Irmoqchalarda 22-kitob!

Bu gal Irmoqchalar ikkala guruhi ham sevimli adibimiz Erkin Malik qalamiga mansub kitoblarni oʻqiydilar.

1-guruh "Shaytonvachchaning nayranglari" 3-qismini;
2- guruh esa "Yuz yil sarson sargardonlikda asarining 3-qismini mutolaa qiladilar.

Irmoqchalar ushbu asarlarni avvalgi qismlaridagi sarguzashtlarni maroq bilan o‘qib chiqqanlar. Qahramonlar bilan hamnafas bo‘lib, kechinmalarini baham ko‘rganlar. Mana endi navbatdagi qismlarni o‘qishga kirishayaptilar!

Farzandingiz ularni safiga qo‘shilishini istasangiz🌱
@Irmoqlar_bosh_koordinatori profiliga "Irmoqcha" deb yozing.


Sizga loyiha, guruhlar va ro‘yxatdan o‘tish tartibi haqida batafsil ma'lumot yuboriladi.
  • 🥰 1
Post #152 221

Forwarded from Peshqadamlar Karvoni

📢📢📢📢📢📢

🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩

#Odoblandiya

📖 Farzand tarbiyasida faqat uni yedirib, ichirish emas, ruhini ham tarbiyalash kerakligi haqida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining eslatmalarini keltirgan edik.

💡 Bola tarbiyasidan murod - uni odobli qilish.

💔 Afsuski, odobni ham hamma turlicha tushunadi, kim uchundir bir holat hijolatli bo‘lsa, boshqa birov uchun oddiy holat bo‘lib qolgan.

❕ Shu boisdan ham shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining "Ijtimoiy odoblar" asarlari asosida bolalarga mos multserial yaratishga qaror qildik.

☺️ Mazkur multfilm bolajoningizning odob tushunchasi bilan tanishib, qayerni o‘zini qanday tutishni o‘rganishiga yordam beradi, degan umiddamiz.

✨ Multfilm seshanba va shanba kunlari kanalimiz orqali berib boriladi. Uning biror qismini o‘tkazib yubormang.

🌐 Telegram
3️⃣ Instagram
🌐 YouTube
4️⃣ Facebook
  • 🥰 1
  • 🎉 1
Post #149 471
🤩Irmoqchalar loyihasida navbatdagi mutolaa boshlandi — 21-kitob!

🤩 1-guruh o‘quvchilari Jonatan Sviftning "Gulliverning sayohatlari" asarini mutolaa qiladilar.
✔️ Umumiy sahifalar soni: 232 bet
Bu asar bolalarni tasavvur olamiga chorlaydi, sarguzashtlar orqali fikrlash, kuzatish va voqealardan xulosa chiqarishga o‘rgatadi.

🌱2-guruh o‘quvchilari Xudoyberdi To‘xtaboyevning "Qasoskorning oltin boshi" asarini o‘qiydilar.
✔️ Umumiy sahifalar soni: 416 bet
Mazkur asar esa jasorat, vatanparvarlik, adolat va ezgulik kabi qadriyatlarni qiziqarli voqealar orqali bolalar qalbiga singdiradi.

✨ Har bir kitob bolalarning yoshi, qiziqishi va mutolaa tajribasiga mos ravishda tanlangan. Maqsadimiz — farzandlarni shunchaki kitob o‘qishga emas, balki o‘qiganlari ustida fikr yuritishga, mulohaza qilishga va kitobni hayot bilan bog‘lay olishga o‘rgatishdir.
✨ Biz ishonamizki, har bir yangi mutolaa bolalarga yangi bilim, yangi qarash va yangi orzularni hadya etadi.

🤩 Siz ham farzandingizning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tishini, kitobni uning eng yaqin do‘stiga aylanishini istasangiz, uni Irmoqchalar safiga qo‘shing.

➡️ Buning uchun @Irmoqlar_bosh_koordinatori profiliga "Irmoqcha" deb yozing. Sizga loyiha, guruhlar va ro‘yxatdan o‘tish tartibi haqida batafsil ma'lumot yuboriladi.
Post #148 326

Forwarded from Ummu Abdurahmon

Assalomu aleykum va rahmattullohi va barakatuh 🌸
Irmoqchalar loyihasini tashkillabtirgan, shu yo'lda beminnat xizmat ko'rsatayotgan ustozlarga tashakkur.
Allohim ajrlarini ziyodasi ila nasib etsin.
Marafon juda ham manfaatli bo'lyapti. Ayniqsa kitoblar ham juda zo'r tanlabgan. " O'n besh yoshli kapitan " kitobini o'qib o'g'limning ham o'ziga bo'lgan ishonchi ortdi. Kichik yoshli bolalar ham o'zlari xoxlasalar ko'p ishlar qo'lidan kelar ekan deb shijoati ortdi.
Ayniqsa Sertifikatlar ularni Mutolaada bardavom bo'lishini taminlamoqda. Inshaolloh bu yutuqlari bardavom bo'ladi. Kitob Mutolaasi uning fikrlashini o'z so'zlarini teran bayon etishiga turtki bo'lmoqda.
Buning uchun sizlardan minnaddorman.
  • 🏆 4
  • ❤ 1
Post #147 228

Forwarded from Робия

Assalomu aleykum.
Aziz Irmoqchalar jonkuyar ustozlari. Shu loyihani tashkil qilganingiz uchun barcha ota onalar nomidan minnaddorchilik bildiraman.
Farzandlarimiz kitobga ilmga kundan -kunga qiziqishi ortib bormoqda.
Ayniqsa sertifikatlar bolalarimizni yanada shijoatlantirib bardavom bo'lishga undamoqda.
  • 🥰 7
Post #146 221

Forwarded from Odina Hoshimjon qizi

Assalomu alaykum ustoz, avvalo shu loyihani tashkillab, òqishga undaganlardan Olloh rozi bòlsin, bolajonlarim ozgina kichkinaroq bòlishsada, qayta qayta òqib hayotiy misollar bilan tushuntirish asnosida òzimgayam kerakli ilmlarni oldim, farzandlarim ham kitobda eshitishgan gòzal axloqlarga rioya qilishga harakat qilishyapti.
Hammasidan ham farzandni baĝringizga olib birga kitob òqish bu juda yoqimli hissiyot🥰🦋 hammasi uchun rahmat, ajringizni bersin Ollohim 🤲
Sertifikatlar esa boshqacha motivatsiya bòldi😍🥰
Older posts →

About this channel

How can I read @irmoqchalar without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Irmoqchalar: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Irmoqchalar have?
Irmoqchalar (@irmoqchalar) has 217 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Irmoqchalar know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →