#Irmoqlar
#Taqriz
Jonathan Haidtning "Behalovat avlod" kitobi.Ushbu kitobdan
millenniallar va
"Z" avlodi haqida bilib oldim. Bu kitobning maqsadi — yo‘limizni yoritish, ko‘zimizni ochishdan iborat.
Hayotimizga telefon, internet, messenjerlar, gadjetlar kirib keldi. Hayotimiz tubdan o‘zgardi va behalovat kunlar boshlandi. Biz o‘zimizni boshqara olmay, qaramlik holiga kelib qoldik. Vaqtimiz isrofiga berildik, juda ko‘p do‘stlarning diydoridan telefon ustun bo‘lib qoldi. "Zamon talabi", deymiz-u, oramizda mehr, o‘zaro iliq suhbat, samimiy choy ichib, chaq-chaqlashish degan holatlar yo‘qoldi. Har kim o‘zi va telefoni bilan ovora bo‘lib qoldi.
Bu kitobdan o‘zimni isloh qilishni, taftish qilishni o‘rgandim. Farzandlarim mendan o‘rnak olar ekanlar, men ham ularning yonida telefon ishlatmaslikka qaror qildim.
Lekin insonmiz, o‘zimizga oyna bo‘la olmaymiz.
— U telefonda o‘tiribdi, o‘ynayapti, men ham shuni qilaman, — deb bir-birimizga yomon ko‘rinamiz.
Hozirgi zamon talabi deb shu darajada berilib ketibmizki, kerak bo‘lsa, 24/7 telefondan boshimiz chiqmaydi. Haqiqatda, telefon va messenjerlardan kelayotgan xabarlar bizning diqqatimizni o‘ziga tortadi, chalg‘itadi.
Telefonni yonimizda olib yurmasligimiz qulay ekan. Telefonni bir marta ushlasam, qayta qo‘ygunimcha qancha vaqtim o‘tib ketganini bilmaydigan darajada o‘ziga bandi qiluvchi qurilmaga aylangan.
"Irmoqlar bilan 30 kitob" marafoni ishtirokchisi Sobirova Mohinur🌐
Telegram3️⃣
Instagram🌐
YouTube4️⃣
Facebook