#Ota_onaga_tavsiya
Farzandingizni kitob bilan qanday do‘stlashtirish mumkin?
Bolaga shunchaki kitob o‘qib berishning o‘zi yetarli emas. U bilan birga o‘qing, suhbatlashing va o‘qiganlarini muhokama qiling. Bunday usul interaktiv mutolaa deb ataladi.
Mutolaa jarayonida:
— ko‘proq savol bering: “Nega?”, “Seningcha, keyin nima bo‘ladi?”, “Sen uning o‘rnida bo‘lsang nima qilarding?”;
— rasmlar va kichik detallarga birgalikda e’tibor qarating;
— voqealarni rolga kirib so‘zlab bering;
— qahramonlarning xatti-harakatlari haqida fikrlashing;
— voqealarni bolaning hayotidagi holatlar bilan bog‘lang;
— uning fikrini diqqat bilan tinglang va erkin gapirishiga imkon bering;
— sevimli hikoyalarini o‘z so‘zlari bilan qayta aytib berishga undang.
Eng muhimi: mutolaa paytida bola faqat tinglovchi bo‘lib qolmasin. U savol bersin, fikrlasin, taxmin qilsin va siz bilan suhbatlashsin.
Shunda kitob o‘qish oddiy mashg‘ulot emas, ota-ona va farzand o‘rtasidagi samimiy suhbatga aylanadi.
Kitobga mehr majburlash bilan emas, birga o‘qilgan go‘zal lahzalar bilan uyg‘onadi.
Post #163
83

- 🥰 3
- 👍 1