TGViewer
INNO Technopark INNO Technopark @innotechnopark · 1.25K subscribers
Post #5821 210

Forwarded from Edu.uz

Erkinjon Turdimov: Oliy ta’limda asosiy mezon — sifatli bilim, puxta egallangan kasb va yoshlarning kelajagi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov oliy ta’lim yo‘nalishiga mas’ul rahbarlarning tizimdagi mavjud holat, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan tayyorlagan taqdimotlari bilan tanishdi.

Taqdimot davomida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, talabalar uchun munosib sharoitlar yaratish, ularning chuqur bilim olishi, xorijiy tillarni o‘rganishi, tanlagan kasbini puxta egallashi, nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishi hamda o‘qishni tamomlagach, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish topishiga ko‘maklashish kabi muhim yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/232125

👉 На руском
👉 In English

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
More from @innotechnopark
  1. Oct 17, 2026🇺🇿🇨🇳O‘zbekiston xalqaro muhandislik va robototexnika hamjamiyatidagi o‘z o‘rnini musta…
  2. Oct 16, 2026#InnoWeek_2026 Sun’iy intellekt, aqlli shaharlar va robototexnika: xalqaro ekspertlar bila…
  3. Oct 15, 2026University of Business and Science talabalari INNO Texnoparkda! 🎓Toshkent shahrida joylas…
  4. Oct 15, 2026🟢#live INNO LAB AKSELERATSIYA DASTURIDA BUGUNGI MAVZU: “Investor bilan muloqot: investits…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →