University of Business and Science talabalari INNO Texnoparkda!
🎓Toshkent shahrida joylashgan University of Business and Science oliy ta’lim muassasasi talabalari “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida ekskursiyada bo‘lishdi.
➡️Ekskursiya davomida talabalar texnoparkning ishlab chiqarish zonalari, biolaboratoriya hamda robototexnika zonalari bilan yaqindan tanishdilar.
🤖Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar, innovatsion ishlanmalar va amaliy ishlab chiqarish jarayonlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
🚀Bunday ekskursiyalar yoshlarning ilm-fan va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash hamda innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Telegram| Instagram| Facebook| Web
Post #5871
807







