TGViewer
INNO Technopark INNO Technopark @innotechnopark · 1.25K subscribers
Post #5879 122

Forwarded from Innovatsion rivojlanish agentligi

#InnoWeek_2026

Sun’iy intellekt, aqlli shaharlar va robototexnika: xalqaro ekspertlar bilan bir maydonda!

Robotlar va sun’iy intellekt kelajagini kim belgilaydi? Aqlli shaharlar qanday quriladi? Bu sohadagi xalqaro tajribani yetakchi mutaxassislardan o’rganishni istaysizmi? Unda bu imkoniyatni qo’ldan boy bermang!

⚫️InnoWeek-2026 — xalqaro innovatsion g’oyalar haftaligi doirasida robototexnika va innovatsion texnologiyalar bo’yicha maxsus sessiya bo’lib o’tadi.

Sessiyada APARA va Xalqaro Robot Olimpiadasi qo’mitasi (IROC) vakillari, jumladan, IROC Prezidenti, professor Jong-Hwan Kim hamda APARA faxriy maslahatchisi Oliver Tian o’z tajribalari bilan o’rtoqlashadi.

✅ Sessiya davomida ishtirokchilar:
Sun’iy intellekt, aqlli shaharlar va robototexnika sohasidagi so’nggi xalqaro tendensiyalar bilan tanishadilar;
Xalqaro ekspertlarning amaliy taqdimotlarini tinglaydilar;
Xorijiy tajriba va muvaffaqiyatli loyihalar haqida ma’lumot oladilar;
Xalqaro tashkilotlar vakillari bilan muloqot qilib, yangi hamkorlik aloqalarini o’rnatadilar.

✅ Nima uchun aynan shu sessiya?
Chunki robototexnika va sun’iy intellekt bugun ilm-fan, iqtisodiyot, ta’lim va shahar hayotining ajralmas qismiga aylanmoqda. Sessiya yetakchi xalqaro mutaxassislar bilan tajriba almashish va yangi hamkorliklar uchun poydevor yaratish imkonini beradi.
Oliy ta’lim muassasalari vakillari, robototexnika mutaxassislari, tadqiqotchilar va texnologiyalarga qiziquvchi yoshlarni faol ishtirok etishga chorlaymiz!

⚫️Sana: 28-oktabr, 12:30–14:30
⚫️Manzil: CAEx | Conference Hall
➡️ Hoziroq ro’yxatdan o’ting: innoweek.uz

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube
More from @innotechnopark
  1. Oct 15, 2026University of Business and Science talabalari INNO Texnoparkda! 🎓Toshkent shahrida joylas…
  2. Oct 15, 2026🟢#live INNO LAB AKSELERATSIYA DASTURIDA BUGUNGI MAVZU: “Investor bilan muloqot: investits…
  3. Oct 15, 2026INNO Texnoparkda rezidentlikka talabgor loyihalar ko‘rib chiqildi “INNO” innovatsion o‘quv…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →