INNO Texnoparkda rezidentlikka talabgor loyihalar ko‘rib chiqildi
“INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida rezidentlikka talabgor tadbirkorlarning biznes loyihalarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan kichik ishchi guruh komissiyasi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
💡Yig‘ilishda innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning loyihalari ekspertlar tomonidan muhokama qilinib, ularning texnologik yechimlari, iqtisodiy samaradorligi va rivojlanish istiqbollari baholandi.
Loyihalarni ko‘rib chiqishda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:
➡️mahsulot va xizmatlarning innovatsion xususiyatlari;
➡️texnopark faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga muvofiqligi;
➡️zamonaviy texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari;
➡️yangi ish o‘rinlarini yaratish salohiyati;
➡️texnopark ekotizimini rivojlantirishga qo‘shadigan hissasi.
➡️Yig‘ilish yakunida loyihalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Rezidentlikka qabul qilish bo‘yicha keyingi ishlar belgilangan tartibda davom ettiriladi.
Bizni kuzating
Telegram| Instagram| Facebook| Web
Post #5860
204










- ❤ 2
- 🔥 1
- 👏 1