🇺🇿Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi Xitoy Xalq Respublikasining Xanchjou shahriga tashrifi doirasida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan muhim natijalarga erishdi.
Xususan, Ofis Xalqaro robototexnika assotsiatsiyalari alyansi (IARA) a’zoligiga qabul qilindi.
Shuningdek, Xitoyning Zhejiang Qingshanhu Sci-tech City Management Committee tashkiloti bilan innovatsiyalar va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan o‘zaro bitim imzolandi.
Tashrif davomida xitoylik investorlar bilan O‘zbekistonga investitsiyalar jalb etish, istiqbolli startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda qo‘shma texnologik tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.
Erishilgan natijalar yosh innovatorlar uchun yangi xalqaro imkoniyatlar yaratish, ilg‘or texnologiyalar almashinuvini rivojlantirish hamda mamlakatimizning innovatsion salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
✅Telegram | ✅Instagram









