TGViewer
Channel Public Channel
IIV Kadrlar departamenti

IIV Kadrlar departamenti

@iivkadr

IIV Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minash departamenti Axborot xizmati

🏢Toshkent sh., Y.Radjabiy 1
🌐 https://gov.uz/iiv/
📞1102 Ishonch tel
☎️ 71 231-43-04
📥info@iiv.uz
Subscribers
21.4K
Photos
1.6K
Videos
235
Links
524
Recent Posts 4 shown
Post #1911 7.49K
General bilan samimiy muloqot: Andijonda yoshlar va xodimlar uchun tajriba saboqlari

Andijon viloyatida o‘tkazilayotgan IIO “Uch avlod” tadbirlari doirasida iste’fodagi general-mayor Tohir Mullajonov IIV Andijon akademik litseyi o‘quvchilari hamda Andijon shahar IIB xodimlari bilan samimiy muloqot qildi.

General hayotiy va kasbiy tajribasi bilan o‘rtoqlashib, Vatanga sadoqat, intizom va xizmat mas’uliyati haqida so‘z yuritdi. Yoshlarga puxta bilim olish, xodimlarga kasbga fidoyilik bilan yondashish yuzasidan tavsiyalar berib, ularning savollariga javob qaytardi.

Litseydagi muloqot o‘quvchilar bilan tushlik dasturxoni atrofida davom etdi. Andijon shahar IIBdagi uchrashuv yakunida esa bir guruh xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar tantanali ravishda topshirildi.

| Telegram | Instagram | Matbuot kotibi | Youtube
Post #1910 15.5K
Moped va skuter boshqarishda nega haydovchilik guvohnomasi talab etilmoqda?

🟢2026-yilning 8 oyi davomida moped va skuterlar ishtirokida 563 ta yoʻl-transport hodisasi qayd etilgan. Ushbu avariyalarda 488 nafar shaxs tan jarohati olgan, 89 kishi halok boʻlgan.

🟢2025-yil davomida moped va skuter haydovchilari tomonidan yoʻl harakati qoidalarini buzish bilan bogʻliq qariyb 300 ta holat aniqlangan boʻlsa, 2026-yilning oʻtgan davrida bu koʻrsatkich 4 312 taga yetgan.

🟢Shuningdek, 162 ta holatda moped va skuter haydovchilari ham tegishli hujjatlarsiz, ham mast holatda boʻlgani aniqlangan.

🟢Mazkur raqamlar moped, skuter va kichik hajmli mototransport vositalarini boshqarishda xavfsizlik talablarini kuchaytirish zaruratini koʻrsatmoqda.
———
Мопед ва скутер бошқаришда нега ҳайдовчилик гувоҳномаси талаб этилмоқда?

🟢2026-йилнинг 8 ойи давомида мопед ва скутерлар иштирокида 563 та йўл-транспорт ҳодисаси қайд этилган. Ушбу аварияларда 488 нафар шахс тан жароҳати олган, 89 киши ҳалок бўлган.

🟢2025-йил давомида мопед ва скутер ҳайдовчилари томонидан йўл ҳаракати қоидаларини бузиш билан боғлиқ қарийб 300 та ҳолат
аниқланган бўлса, 2026-йилнинг ўтган даврида бу кўрсаткич 4 312 тага етган.

🟢Шунингдек, 162 та ҳолатда мопед ва скутер ҳайдовчилари ҳам тегишли ҳужжатларсиз, ҳам маст ҳолатда бўлгани аниқланган.

🟢Мазкур рақамлар мопед, скутер ва кичик ҳажмли мототранспорт воситаларини бошқаришда хавфсизлик талабларини кучайтириш заруратини кўрсатмоқда.

| Telegram | Instagram | Matbuot kotibi | Youtube
Post #1900 7.94K
“Uch avlod” vakillari Andijonda: tajriba, bilim va avlodlar muloqoti — VI Respublika konferensiyasi boshlandi

Mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Keksalar haftaligi” doirasida ichki ishlar organlarida uzoq yillar xizmat qilgan faxriylarni e’zozlash, ularning boy hayotiy va kasbiy tajribasini yosh avlodga yetkazishga qaratilgan qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan Andijon viloyatida IIO “Uch avlod” maslahat kengashining VI respublika konferensiyasi o‘tkazilmoqda. Unda vazirlik mas’ullari, Faxriylar kengashi vakillari, hududiy ichki ishlar organlaridan tashrif buyurgan faxriylar hamda yosh xodimlar ishtirok etmoqda.

Uch kunlik dasturning dastlabki ikki kuni mazmunli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Ishtirokchilar uchun avlodlar o‘rtasidagi vorisiylikni mustahkamlash, faxriylarning tajribasini yoshlarga yetkazish, o‘zaro muloqot va tajriba almashishga qaratilgan turli tadbirlar tashkil etildi.

Xususan, “Faxriylar va yoshlarni ilm birlashtiradi” g‘oyasi asosida “Zakovat” intellektual tanlovi o‘tkazildi. Qizg‘in bahslar yakuniga ko‘ra, Andijon viloyati jamoasi 1-o‘rinni, Navoiy viloyati jamoasi 2-o‘rinni, Sirdaryo viloyati jamoasi esa 3-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, “Eng faol faxriy xodim” tanlovi tashkil etilib, ishtirokchilarning bilim va tajribasi, jamoat ishlaridagi faolligi hamda yosh xodimlarga o‘rnak bo‘layotgan jihatlari baholandi.

Dastur doirasida faxriylar Andijonning tarixiy qadamjolari va muzeylariga tashrif buyurib, madaniy-ma’rifiy sayohatlarda ishtirok etdilar. Faxriylar kengashlari raislari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj faxriylar holidan xabar olinib, ular bilan samimiy muloqotlar o‘tkazildi.

Bunday uchrashuvlar faxriylar tajribasi, amaldagi xodimlar salohiyati va yoshlarning shijoatini bir maqsad atrofida birlashtirib, avlodlar o‘rtasidagi hamjihatlik va tajriba almashinuvini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

| Telegram | Instagram | Matbuot kotibi | Youtube
Post #1893 9.17K
Zamonaviy davlat xizmatchisi: mas’uliyat, tashabbuskorlik va natijadorlik

IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti shaxsiy tarkibi ishtirokida navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat soati o‘tkazildi.

Unda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Javdat Po‘latov zamonaviy davlat xizmatchisi faoliyatida shaxsiy mas’uliyat, tashabbuskorlik va natijadorlikning ahamiyati haqida ma’ruza qildi.

Tadbir yakunida departamentning 3 nafar xodimiga navbatdagi maxsus unvonlar tantanali ravishda topshirildi.

| Telegram | Instagram | Matbuot kotibi | Youtube
Older posts →

About this channel

How can I read @iivkadr without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for IIV Kadrlar departamenti: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does IIV Kadrlar departamenti have?
IIV Kadrlar departamenti (@iivkadr) has 21.4K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does IIV Kadrlar departamenti know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →