TGViewer
IIV Kadrlar departamenti IIV Kadrlar departamenti @iivkadr · 21.8K subscribers
Post #1900 8.22K
“Uch avlod” vakillari Andijonda: tajriba, bilim va avlodlar muloqoti — VI Respublika konferensiyasi boshlandi

Mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Keksalar haftaligi” doirasida ichki ishlar organlarida uzoq yillar xizmat qilgan faxriylarni e’zozlash, ularning boy hayotiy va kasbiy tajribasini yosh avlodga yetkazishga qaratilgan qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan Andijon viloyatida IIO “Uch avlod” maslahat kengashining VI respublika konferensiyasi o‘tkazilmoqda. Unda vazirlik mas’ullari, Faxriylar kengashi vakillari, hududiy ichki ishlar organlaridan tashrif buyurgan faxriylar hamda yosh xodimlar ishtirok etmoqda.

Uch kunlik dasturning dastlabki ikki kuni mazmunli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Ishtirokchilar uchun avlodlar o‘rtasidagi vorisiylikni mustahkamlash, faxriylarning tajribasini yoshlarga yetkazish, o‘zaro muloqot va tajriba almashishga qaratilgan turli tadbirlar tashkil etildi.

Xususan, “Faxriylar va yoshlarni ilm birlashtiradi” g‘oyasi asosida “Zakovat” intellektual tanlovi o‘tkazildi. Qizg‘in bahslar yakuniga ko‘ra, Andijon viloyati jamoasi 1-o‘rinni, Navoiy viloyati jamoasi 2-o‘rinni, Sirdaryo viloyati jamoasi esa 3-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, “Eng faol faxriy xodim” tanlovi tashkil etilib, ishtirokchilarning bilim va tajribasi, jamoat ishlaridagi faolligi hamda yosh xodimlarga o‘rnak bo‘layotgan jihatlari baholandi.

Dastur doirasida faxriylar Andijonning tarixiy qadamjolari va muzeylariga tashrif buyurib, madaniy-ma’rifiy sayohatlarda ishtirok etdilar. Faxriylar kengashlari raislari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj faxriylar holidan xabar olinib, ular bilan samimiy muloqotlar o‘tkazildi.

Bunday uchrashuvlar faxriylar tajribasi, amaldagi xodimlar salohiyati va yoshlarning shijoatini bir maqsad atrofida birlashtirib, avlodlar o‘rtasidagi hamjihatlik va tajriba almashinuvini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

| Telegram | Instagram | Matbuot kotibi | Youtube
More from @iivkadr
  1. Oct 6, 2026General bilan samimiy muloqot: Andijonda yoshlar va xodimlar uchun tajriba saboqlari Andij…
  2. Oct 5, 2026Moped va skuter boshqarishda nega haydovchilik guvohnomasi talab etilmoqda? 🟢2026-yilning…
  3. Oct 5, 2026Zamonaviy davlat xizmatchisi: mas’uliyat, tashabbuskorlik va natijadorlik IIV Ma’naviy-ma’…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →