General bilan samimiy muloqot: Andijonda yoshlar va xodimlar uchun tajriba saboqlari
Andijon viloyatida o‘tkazilayotgan IIO “Uch avlod” tadbirlari doirasida iste’fodagi general-mayor Tohir Mullajonov IIV Andijon akademik litseyi o‘quvchilari hamda Andijon shahar IIB xodimlari bilan samimiy muloqot qildi.
General hayotiy va kasbiy tajribasi bilan o‘rtoqlashib, Vatanga sadoqat, intizom va xizmat mas’uliyati haqida so‘z yuritdi. Yoshlarga puxta bilim olish, xodimlarga kasbga fidoyilik bilan yondashish yuzasidan tavsiyalar berib, ularning savollariga javob qaytardi.
Litseydagi muloqot o‘quvchilar bilan tushlik dasturxoni atrofida davom etdi. Andijon shahar IIBdagi uchrashuv yakunida esa bir guruh xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar tantanali ravishda topshirildi.
| Telegram | Instagram | Matbuot kotibi | Youtube
Post #1911
9.26K






