TGViewer
Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi @ictschooluz · 8.43K subscribers
Post #17287 2.21K

Forwarded from Sevara Shakirova

#Ustoz_va_murabbiylar_kuni

💐 HAR BIR YUTUQ ORTIDA USTOZ BOR

Aziz ustozlar, qadrli murabbiylar!
Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Faoliyatim davomida bir haqiqatga ko‘p bor amin bo‘ldim: o‘quvchining katta yutug‘i hech qachon o‘z-o‘zidan kelmaydi. Uning ortida albatta ustozning mehnati, sabri, ishonchi va tinimsiz izlanishi turadi.

O‘quvchimiz xalqaro olimpiadada medal olganida, nufuzli universitet talabasi bo‘lganida, yangi g‘oya yoki kashfiyoti bilan e’tirof etilganida biz uning muvaffaqiyatidan quvonamiz. Ammo ana shu natijagacha bo‘lgan uzoq yo‘lda unga bilim bergan, xatosini to‘g‘rilagan, ba’zan ruhlantirgan, ba’zan esa shunchaki “Sen buni uddalaysan!” deb ishongan ustoz bor.

Shuning uchun men uchun ta’limdagi eng katta kuch — bu o‘z kasbini sevadigan, shogirdining kelajagiga befarq bo‘lmagan ustozdir.

Bugun Agentlik tizimida ana shunday fidoyi pedagoglar bilan bir safda mehnat qilayotganimdan faxrlanaman. O‘quvchilarimiz erishayotgan har bir natijada sizlarning munosib hissangiz bor.

Qadrli ustozlar!

Sizlarga shogirdlaringizning yutuqlaridan quvonib, mehnatingiz samarasini ko‘rib yashash baxti nasib etsin. Oilangizga xotirjamlik, o‘zingizga mustahkam sog‘lik, faoliyatingizga esa yangi kuch va muvaffaqiyatlar tilayman.

Siz bergan bilim bir kun kelib natijaga, siz bildirgan ishonch esa katta orzularga aylanadi.

✅Rasmiy sahifalar
  • ❤ 13
  • 👍 6
  • 👏 6
  • 🎉 1
More from @ictschooluz
  1. Oct 15, 2026#GuitarClub #SchoolClubs #Music ACOUSTIC GUITAR CLUB — PLAY YOUR FAVORITE SONGS! 🎸 Want t…
  2. Oct 14, 2026#Uchrashuv #MilliyQadriyatlar #AyolQizlar MA’NAVIYAT VA QADRIYATLAR — KAMOLOT POYDEVORI 📣…
  3. Oct 14, 2026#UniversityFair #XalqaroImkoniyatlar XALQARO UNIVERSITETLAR BILAN BIR MAYDONDA 🗓13-oktabr…
  4. Oct 14, 2026Post #17400
  5. Oct 14, 2026The Korean Ministry of Education, together with KOICA and the Korean Embassy, is hosting a…
  6. Oct 14, 2026#SydneyInnovationChallenge #XalqaroTanlov #Innovatsiya #SDG3 SYDNEY INNOVATION CHALLENGE 2…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →