TGViewer
Channel Public Channel
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

@icppa

📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Subscribers
4.24K
Photos
896
Videos
259
Links
691

Showing posts older than #699 · Back to latest

Older Posts 15 shown
Post #696 530
Post #694 955
🏛️ Samarqand viloyatida transport sohasiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining birinchi kuni yakunlandi.

Ko‘rgazma mahalliy ishlab chiqaruvchilar, yirik davlat buyurtmachilari, tarmoq korxonalari, investorlar va ilmiy tashkilotlarni yagona maydonda birlashtirdi.

Bugungi kunda transport tizimida 12,8 milliard dollarlik 36 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Tahlillarga ko‘ra, ushbu loyihalarda 407,3 million dollarlik mahsulotlarni mahalliylashtirish salohiyati mavjud.


Aynan shu imkoniyatlarni amaliy loyihalarga aylantirish maqsadida ko‘rgazmada transport sohasi uchun mo‘ljallangan minglab mahsulotlar, butlovchi qismlar, innovatsion ishlanmalar va texnologik yechimlar namoyish etildi.

Kun davomida yirik davlat buyurtmachilari o‘zlarining mavjud va istiqboldagi xarid ehtiyojlarini taqdim etdi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar esa o‘z mahsulot va texnologik imkoniyatlarini bevosita buyurtmachilarga namoyish qildi.

✅ Birinchi kun yakunlariga ko‘ra, ko‘rgazma 1200 nafar nafar ishtirokchini jamladi. Davlat xaridlari orqali umumiy qiymati 490 mlrd so’m bo’lgan 4778 ta dastlabki kelishuvlarga erishildi.

#Milliy_sanoat_zanjiri_Samarqand

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👏 4
  • 👍 3
  • 🔥 3
Post #693 473

Forwarded from "O'ZBEKEKSPERTIZA" AJ - RASMIY

🙃 “O‘zbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyati — “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida

Samarqand viloyatida o‘tkazilayotgan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida “O‘zbekekspertiza” aksiyadorlik jamiyati mahalliy ishlab chiqaruvchilar va eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xizmatlari bilan faol ishtirok etmoqda.

"O'zbekekspertiza" AJ rasmiy sahifalariga ulanish:
Website | Telegram | Facebook | Instagram | You tube
  • 👍 7
  • 🔥 2
  • 🙏 1
Post #692 1.25K
#brifing

🏛️ Ko‘rgazmaning birinchi kuni yakunlari sarhisob qilindi

“Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining birinchi kuni yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan brifingda tadbirning dastlabki natijalari, o‘tkazilgan uchrashuvlar hamda ko‘rgazmaning keyingi bosqichlari haqida ma’lumot berildi.

#Milliy_sanoat_zanjiri_Samarqand

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 7
  • 🔥 6
  • ❤ 5
  • ⚡ 5
Post #691 3.34K
🤝 “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Transport sohasiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi doirasida Toshkent davlat transport universiteti va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hamkorlik doirasida transport sohasida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar va servis xizmatlarini joriy etish, universitet tomonidan ishlab chiqilgan mahalliy dasturiy yechimlardan foydalanish ko‘zda tutilgan.

Xususan, temir yo‘l sohasi uchun ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot ayrim xizmatlarni mahalliy yechimlar asosida tashkil etish hamda xarajatlarni qisqartirishga xizmat qiladi.

Ko’rgazma davom etmoqda.

#Milliy_sanoat_zanjiri_Samarqand

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 6
  • 🔥 4
  • 👏 3
  • ❤ 2
  • 🤯 1
Post #684 1.16K
🚄“Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasiga start berildi

Samarqand viloyatida transport sohasiga bag‘ishlangan “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ko‘rgazma mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yirik davlat buyurtmachilari bilan bir maydonda uchrashtirib, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va transport sohasida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda transport tizimida 12,8 milliard dollarlik 36 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Tahlillarga ko‘ra esa ushbu loyihalarda 407,3 million dollarlik mahsulotlarni mahalliylashtirish salohiyati mavjud.

Shu maqsadda tashkil etilgan ko‘rgazmada 80 ta tarmoq va hududiy korxona transport sohasi uchun mo‘ljallangan mahsulotlari, butlovchi qismlari hamda texnologik yechimlarini namoyish etmoqda.

Tadbir davomida B2B va B2G uchrashuvlari, amaliy muzokaralar hamda hamkorlik memorandumlari va shartnomalarini imzolash jarayonlari o‘tkazilmoqda. Ko‘rgazma yangi ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish va uzoq muddatli sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun muhim platforma vazifasini o‘tamoqda.

📸 Foto: ko‘rgazmaning ochilish marosimidan lavhalar.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 10
  • 🔥 5
  • 👏 5
  • ❤‍🔥 1
  • 🆒 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →