TGViewer
Channel Public Channel
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA

@icppa

📍100022, Toshkent sh., Nukus 52

Veb-sayt: https://gov.uz/uz/icppa
Elektron pochta: info@icppa.uz
Bog’lanish: @Icppa_aloqa_bot

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari — https://skdxuzb.taplink.ws
Subscribers
4.2K
Photos
917
Videos
263
Links
706

Showing posts older than #532 · Back to latest

Older Posts 8 shown
Post #531 496
#OAV_biz_haqimizda

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan 17-iyun kuni Namangan viloyatining Pop tumanida tadbirkorlar bilan o'tkazilgan ochiq muloqot tafsiloti.

Namangan MTRK

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 4
  • 🔥 4
  • 👏 4
  • 🫡 2
Post #530 524
🏛️ HAFTALIK DAYJEST | 15–20-iyun, 2026-yil

Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirildi:

🌐 V Xalqaro investitsiya forumi doirasida Agentlik rahbariyati McKinsey & Company, Ernst & Young (EY) hamda Koreya Respublikasining yetakchi tashkilotlari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi.

🏟 O‘zbekiston milliy terma jamoasining ilk bor FIFA Jahon chempionatiga yo‘llanma olgani munosabati bilan Agentlik hamda tizim va birja tashkilotlari tomonidan milliy jamoa qo‘llab-quvvatlandi.

📍 Namangan viloyatining Pop va Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanlarida tadbirkorlar hamda buyurtmachilar ishtirokida ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

🤝 Agentlik direktori dunyo miqyosidagi yetakchi konsalting kompaniyalaridan biri– McKinsey & Company vakillari bilan ishchi uchrashuv o'tkazdi.

🇰🇷🇺🇿 Agentlik direktori Koreya Respublikasining Korea Elevator University prezidenti, professorlari hamda Korea Elevator Safety Foundation raisi bilan uchrashuv o'tkazib, lift sanoati uchun kadrlar tayyorlash, ilmiy-amaliy hamkorlik va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan memorandum imzoladi.

〰️ Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi rahbariyati hamda Ernst & Young (EY) kompaniyasi vakillari ishtirokida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 6
  • 🔥 3
  • 🤝 2
  • 🫡 1
Post #527 665
Ernst & Young bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

🌐 Toshkent shahrida o‘tayotgan V Xalqaro investitsiya forumi doirasida 18-iyun kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi rahbariyati hamda Ernst & Young (EY) kompaniyasi vakillari ishtirokida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Agentlik va kompaniya hamkorligida amalga oshirilayotgan loyihaning joriy holati hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Xususan, quyidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi:
✔️ PMO (Loyihalarni boshqarish ofisi) tizimini joriy etish orqali loyihalarni samarali boshqarish;
✔️ mahalliylashtirish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish;
✔️ TCO (umumiy egalik qiymati) tamoyilini amaliyotga tatbiq etish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish;
✔️ ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish va mamlakatimiz sharoitiga moslashtirish;
✔️ sanoat kooperatsiyasi mexanizmlarini takomillashtirish va samaradorligini oshirish.


🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar mavjud hamkorlikni izchil davom ettirish hamda belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan kelishib oldilar.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 🔥 8
  • ❤ 4
  • 👍 4
Post #523 610
✍️ Agentlik Koreya lift sohasining yetakchi tashkilotlari bilan memorandum imzoladi

🌐 Toshkent shahrida o‘tayotgan V Xalqaro investitsiya forumi doirasida 18-iyun kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori B.Xaydarov Koreya Respublikasining Korea Elevator University prezidenti, professorlari hamda Korea Elevator Safety Foundation raisi bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda lift sanoatini rivojlantirish, texnologiyalar transferi va malakali kadrlar tayyorlash yo'nalishlari muhokama qilindi. Xususan, ixtisoslashtirilgan o'quv markazi tashkil etish, lift boshqaruv panellarini mahalliy yig'ish liniyasini yo'lga qo'yish, "Train the Trainer" dasturi hamda ikki mamlakat o'rtasida stajirovka va sertifikatlash dasturlarini amalga oshirish masalalari ko'rib chiqildi.

Nima uchun bu muhim?
O'zbekistonda liftlarga bo'lgan talab ishlab chiqarish sur'atidan tezroq o'smoqda. 2025-yilda bozorga 3 009 ta lift taklif etilgan bo'lsa-da, faqat yangi ko'p qavatli uy-joylarning o'zi uchun yillik ehtiyoj 5 000 tadan ortiq. Bu bo'shliq kelgusi yillarda yanada kengayishi kutilmoqda.

✅Uchrashuv yakunida ikki muhim hujjat imzolandi:

— Agentlik va Korea Elevator University o'rtasida hamkorlik memorandumi;
— Agentlik va Korea Elevator Safety Foundation o'rtasida hamkorlik memorandumi.

✔️Memorandumlar 3 yil muddatga tuzildi va lift sanoatida mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish, kadrlar tayyorlash hamda texnologiyalar transferini jadallashtirish bo'yicha hamkorlikning institutsional asosini belgilab berdi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👏 7
  • 🔥 4
  • 👍 3
  • 🫡 1
Post #520 561
📍 Farg'onada – navbatdagi ochiq muloqot

Ochiq muloqotlar davom etmoqda. 17-iyun kuni – Farg'ona viloyatining Uchko'prik tumani. Bu safar suhbatda nafaqat tadbirkorlar, balki byudjet buyurtmachilari ham ishtirok etdi – davlat xaridlari tizimining ikki tomoni bir stolda.

Unda agentlik, "Raqamli transformatsiya markazi", "O'zbekekspertiza" AJ, hududiy loyiha ofisi hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
✍️ 45 dan ortiq tadbirkorlik subyekti vakili va 18 nafar byudjet buyurtmachisi mutaxassislari bevosita qatnashdi. 11 ta hududiy studiya orqali 112 nafar tadbirkor jarayonga onlayn ulandi.

✔️ Muloqot davomida 28 ta muammo va taklif ko'rib chiqildi:
✅10 tasi joyida hal etildi;
🎤 2 ta masala yuzasidan tushuntirish berildi;
➡️ 16 tasi tegishli tashkilotlarga yo'naltirildi.


Muloqotlar tizimli davom etmoqda — viloyatma-viloyat, tumanma-tuman. Maqsad: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning VI Ochiq muloqotiga to'liq tayyorgarlik ko'rish, hududlardagi haqiqiy muammolarni eshitish va amaliy yechimlar shakllantirish.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 6
  • ❤ 4
  • 🫡 3
  • 🔥 2
Post #516 484
McKinsey & Company bilan strategik uchrashuv

17-iyun kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori B.Xaydarov dunyo miqyosidagi yetakchi konsalting kompaniyalaridan biri– McKinsey & Company vakillari bilan ishchi uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida tog'-kon sanoati sohasida strategik hamkorlik istiqbollari keng muhokama qilindi.
Xususan, quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:
✍️ tog'-kon sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;
✍️ ilg'or xalqaro tajribalarni joriy etish;
✍️ sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish mexanizmlari;
✍️ yetkazib beruvchilarni rivojlantirish dasturi (Supplier Development Program);
✍️ mahalliy kontent ulushini aniqlash mexanizmlari;
✍️ texnologiyalar transferi va mahalliy korxonalar raqobatbardoshligini oshirish.


💬 Eslatib o'tamiz, kecha o'tkazilgan investitsiya forumida ham agentlik rahbari McKinsey & Company vakillari bilan alohida uchrashib, hamkorlikning asosiy yo'nalishlari yuzasidan fikr almashgan edi.

🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar O'zbekiston tog'-kon sanoatining barqaror rivojlanishiga qaratilgan qo'shma tashabbuslarni amalga oshirishga o'zaro tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 8
  • 🫡 3
  • 🏆 2
  • 🔥 1
Post #512 1.74K
📍 Namanganda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi

17-iyun kuni Namangan viloyatining Pop tumanida sanoat korxonalari va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

🎤 Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi ushbu muloqotlarni oddiy bir maqsad bilan tashkil etmoqda – tadbirkorning ovozini bevosita eshitish, muammolarni hujjatlar orqali emas, yuzma-yuz muhokama qilish.

Unda agentlik, "Raqamli transformatsiya markazi", "O'zbekekspertiza" AJ, hududiy loyiha ofislari hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

✍️ Muloqotda 45 ta korxonadan 52 nafar ishtirokchi bevosita qatnashdi. 13 ta hududiy studiya orqali 125 nafar tadbirkor jarayonga onlayn ulandi – jami 165 nafardan ortiq ishtirokchi.
✔️Muloqot davomida 42 ta muammo va taklif ko'rib chiqildi:
✅10 tasi joyida hal etildi;
🎤 8 ta masala yuzasidan tushuntirish berildi;
➡️ 14 ta muammo va 10 ta taklif tegishli tashkilotlarga yo'naltirildi.


Ochiq muloqotlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan tadbirkorlarning VI Ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida davom etmoqda – hududlardagi muammolarni aniqlash, amaliy yechimlar topish va tadbirkorlik muhitini yaxshilashga qaratilgan takliflar shakllantirish maqsad qilingan.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👏 5
  • 🔥 3
  • 🫡 3
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →