TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.2K subscribers
Post #516 484
McKinsey & Company bilan strategik uchrashuv

17-iyun kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori B.Xaydarov dunyo miqyosidagi yetakchi konsalting kompaniyalaridan biri– McKinsey & Company vakillari bilan ishchi uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida tog'-kon sanoati sohasida strategik hamkorlik istiqbollari keng muhokama qilindi.
Xususan, quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:
✍️ tog'-kon sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;
✍️ ilg'or xalqaro tajribalarni joriy etish;
✍️ sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish mexanizmlari;
✍️ yetkazib beruvchilarni rivojlantirish dasturi (Supplier Development Program);
✍️ mahalliy kontent ulushini aniqlash mexanizmlari;
✍️ texnologiyalar transferi va mahalliy korxonalar raqobatbardoshligini oshirish.


💬 Eslatib o'tamiz, kecha o'tkazilgan investitsiya forumida ham agentlik rahbari McKinsey & Company vakillari bilan alohida uchrashib, hamkorlikning asosiy yo'nalishlari yuzasidan fikr almashgan edi.

🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar O'zbekiston tog'-kon sanoatining barqaror rivojlanishiga qaratilgan qo'shma tashabbuslarni amalga oshirishga o'zaro tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 8
  • 🫡 3
  • 🏆 2
  • 🔥 1
More from @icppa
  1. Oct 17, 2026🏛️ Farmatsevtika sohasi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi 2026-yil 16-oktabr. Sano…
  2. Oct 17, 2026🔴Davlat xaridlari bo‘yicha ochiq muloqot boshlanmoqda! Sanoat kooperatsiyasi va davlat xa…
  3. Oct 16, 2026🗣Energetika loyihalarida mahalliy mahsulotlar ulushini oshirish — muhim vazifa Prezidenti…
  4. Oct 16, 2026🔴 Suyultirilgan gaz yetkazib berishda davlat monopoliyasi tugatiladi ❗️ Prezident Shavkat…
  5. Oct 16, 2026✔️ O‘quv kursi doirasida TMK va “Chirchiq” texnoparkiga sayyor mashg‘ulotlar tashkil etild…
  6. Oct 16, 2026🏛️ Jizzaxdagi “Milliy sanoat zanjiri” ko‘rgazmasi qanday natijalar berdi? Avtomobilsozlik…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →