TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.12K subscribers
Post #948 634
🔬 Yadro fizikasi institutining ilmiy va ishlab chiqarish salohiyati muhokama qilindi

4-sentabr kuni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining ilmiy va ishlab chiqarish salohiyati, istiqbolli loyihalari hamda sanoat korxonalari bilan kooperatsiyani kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Agentlik rahbariyati, boshqarma va bo‘lim rahbarlari, Yadro fizikasi instituti direktori, akademik Ilhom Sodiqov hamda Materialshunoslik instituti direktori Odilxo‘ja Parpiyev ishtirok etdi.

📑 Akademik Ilhom Sodiqov institutning ilmiy salohiyati, erishilgan natijalar, istiqbolli loyihalar va mavjud masalalar yuzasidan taqdimot qildi.

Qayd etilganidek, institutning 42 gektarlik ilmiy-ishlab chiqarish hududida VVR-SM tadqiqot reaktori, U-150 siklotroni, U-003 elektron tezlatgichi hamda gamma qurilmasi faoliyat yuritmoqda. Institutda 60 dan ortiq turdagi radioizotop mahsulotlari, jumladan, 20 dan ziyod tayyor radiofarmatsevtik preparatlar ishlab chiqariladi. 2025-yilda mahsulot va xizmatlar eksporti 6,09 mln AQSH dollarini tashkil etgan.


🎤 Yig‘ilish davomida radiofarmatsevtika, tibbiy buyumlarni radiatsion sterilizatsiya qilish, materiallar xususiyatlarini yaxshilash, neytron radiografiyasi va yuqori aniqlikdagi element tahlili yo‘nalishlaridagi mavjud imkoniyatlardan sanoat tarmoqlarida kengroq foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.

🤝Muhokamalarda institutning asosiy ilmiy qurilmalarini modernizatsiya qilish, muhandis-texnik kadrlar salohiyatini mustahkamlash, ilmiy ishlanmalarni mahalliy sanoat korxonalari ehtiyojlari bilan bog‘lash, amaliy kooperatsiyani kengaytirish hamda istiqbolli ishlanmalarni tijoratlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

〰️ Yig‘ilish yakunida ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi kooperatsiyani kuchaytirish, institutning mavjud ilmiy-texnologik imkoniyatlarini sanoat tarmoqlariga kengroq integratsiya qilish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👏 5
  • 👍 4
  • 🔥 2
  • ❤‍🔥 1
More from @icppa
  1. Oct 10, 2026🏛️ HAFTALIK DAYJEST 5- 10 oktabr, 2026-yil Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat…
  2. Oct 10, 2026🏅Sanoat rivojiga munosib hissa qo‘shganlar maxsus ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi O‘zb…
  3. Oct 10, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasidagi islohotlar xususid…
  4. Oct 9, 2026💬 Murojaat yechim topdi: 529 mln so‘mlik zakalat mablag‘lari qaytarildi 📍 Toshkent shahr…
  5. Oct 9, 2026🗣Market Signal: 43,4 million dollarlik import – mahalliy ishlab chiqarish uchun imkoniyat…
  6. Oct 9, 2026✔️Mustafo Bafoyev tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya: ilmi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →