TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.11K subscribers
Post #939 543
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo'lib o'tmoqda.

Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, iqtisodiy kompleksning barcha rahbarlari Xorazmda qolib, kambag‘allik bilan ishlash tizimini o‘zgartirish bo‘yicha tahlil o‘tkazdi.

Ikki hafta davomida viloyatdagi 81 ming kambag‘al aholi, ya’ni 19 ming oilaning holati o‘rganildi. Ushbu oilalarda 12 ming ishsiz va 10 ming daromadi past aholi borligi aniqlandi.

Ayni paytda Xorazmdagi tadbirkorlar qurilish sohasiga 4 ming, xizmatlar sohasiga 3 ming va sanoatga 2,5 ming ishchi izlamoqda.

Mas’ullarga ishsiz va kam daromadli aholini korxonalar talabi asosida kasbga o‘qitib, ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini ishga solish vazifasi qo‘yildi.

Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va kasbga tayyorlash imkoniyatlaridan foydalanish orqali kambag‘al oilalardagi 10-15 ming nafar aholi daromadini oshirish mumkinligi qayd etildi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 6
  • 🔥 2
  • 👏 2
More from @icppa
  1. Oct 10, 2026🏛️ HAFTALIK DAYJEST 5- 10 oktabr, 2026-yil Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat…
  2. Oct 10, 2026🏅Sanoat rivojiga munosib hissa qo‘shganlar maxsus ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi O‘zb…
  3. Oct 10, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasidagi islohotlar xususid…
  4. Oct 9, 2026💬 Murojaat yechim topdi: 529 mln so‘mlik zakalat mablag‘lari qaytarildi 📍 Toshkent shahr…
  5. Oct 9, 2026🗣Market Signal: 43,4 million dollarlik import – mahalliy ishlab chiqarish uchun imkoniyat…
  6. Oct 9, 2026✔️Mustafo Bafoyev tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya: ilmi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →