35 ta korxona. 35 ta qahramon. Turli mahsulotlar, turli taqdirlar va turli natijalar. Ammo ularni birlashtiradigan bitta katta jarayon bor — O‘zbekistonda ishlab chiqarish.
“Sanoat qahramonlari” loyihasi davomida bir vaqtlar xorijdan olib kelingan mahsulot va butlovchi qismlarning bugun o‘zimizda ishlab chiqarilayotgani, mahalliy korxonalar yirik sanoat zanjirlariga kirib borayotgani, yangi texnologiyalar o‘zlashtirilib, milliy mahsulotlar tashqi bozorlarga chiqayotganiga guvoh bo‘ldik.
🏭 Kimdir ishni bir necha xodim bilan boshlagan — bugun yuzlab insonlarni ish bilan ta’minlamoqda. Kimdir ilgari import qilingan bitta detalni o‘zlashtirgan — bugun minglab turdagi mahsulot ishlab chiqarmoqda. Yana kimdir ichki bozor uchun ishlab chiqarishni boshlagan — bugun mahsulotini dunyo bozorlariga olib chiqmoqda.
🎬 “Sanoat qahramonlari” maxsus loyihasining yakuniy ko‘rsatuvida 35 qahramon misolida O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi, mahalliylashtirish ortidagi insonlar va mamlakatimizda yaratilayotgan yangi sanoat zanjiri haqida hikoya qilamiz.
📹 Tomosha qiling — “Sanoat qahramonlari” maxsus loyihasining yakuniy ko‘rsatuvi.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin