📚Davlat xaridlari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarni oshirish imkoniyati
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan davlat xaridlari sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun yangi tashkil etilgan platforma orqali bepul onlayn o‘quv kursi tashkil etildi.
O‘quv dasturi 20 ta moduldan iborat bo‘lib, unda davlat xaridlarining huquqiy asoslaridan tortib, xaridlarni rejalashtirish, boshlang‘ich narxni shakllantirish, texnik topshiriq tayyorlash, xarid usullari, nazorat mexanizmlari va zamonaviy yondashuvlargacha bo‘lgan muhim mavzular qamrab olingan.
💻 Ta’lim jarayoni to‘liq onlayn shaklda tashkil etiladi. Videodarslar bilan birga testlar, amaliy keyslar va vaziyatli masalalar orqali olingan bilimlarni mustahkamlash imkoniyati yaratilgan.
✅ O’quv kurslari joriy yilning sentabr oyidan boshlanishi rejalashtirilmoqda.
🎥 Kurs kimlar uchun mo‘ljallangan, unda nimalar o‘rgatiladi va o‘quv jarayoni qanday tashkil etilgan?
Batafsil — videoda.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #929
324