#Sanoat_Qahramonlari
35-QAHRAMON | 16 ming turdagi mahsulot — import o‘rniga mahalliy ishlab chiqarish
Kon-metallurgiya sanoatining uzluksiz ishlashi minglab detal va ehtiyot qismlarga bog‘liq. Bugun ularning katta qismi xorijdan emas, Navoiy mashinasozlik zavodining o‘zida ishlab chiqarilmoqda.
“Sanoat qahramonlari” loyihasining 35-qahramoni — Navoiy kon-metallurgiya kombinati Navoiy mashinasozlik zavodi bosh muhandisi o‘rinbosari Islom Rasulov.
⚙️Bugungi kunda kombinatda foydalanilayotgan mexanik ehtiyot qismlarning qariyb 90 foizi ushbu zavodda tayyorlanmoqda. Korxonada 16 ming turdagi mahalliylashtirilgan va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqariladi.
🏭Zavodni modernizatsiya qilish doirasida 25,1 million dollarlik ikkita yirik loyiha amalga oshirilgan. Bugun bu yerda 3,5 ming nafarga yaqin xodim mehnat qilmoqda.
📈 2025-yilda zavodda 1,7 trillion so‘mdan ortiq sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan bo‘lsa, joriy yilda mahalliylashtirilgan mahsulotlar hajmini 1 trillion 882,1 milliard so‘mga yetkazish maqsad qilingan.
Ilgari import qilingan detal va ehtiyot qismlarni o‘zimizda ishlab chiqarish — nafaqat importni qisqartirish, balki yirik sanoatning texnologik mustaqilligini mustahkamlash demakdir.
🎥 16 ming turdagi mahsulot va 90 foizgacha mahalliy ta’minot haqida batafsil — “Sanoat qahramonlari” loyihasining 35-sonida.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #918
466