#Sanoat_Qahramonlari
33-QAHRAMON | Mahalliy ishlab chiqarishdan — AQSh bozorigacha
Mahalliylashtirish — shunchaki import mahsulotini o‘zimizda ishlab chiqarish emas. Bu — texnologiyani o‘zlashtirish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish va milliy kompaniyalarni global sanoat zanjiriga olib chiqish demakdir.
“Sanoat qahramonlari” loyihasining 33-qahramoni — “AKFA Aluminium” bosh operatsion direktori Alisher Sirojiddinov.
🏭 Bugun kompaniya alyuminiy profillarini ishlab chiqarish bilan cheklanmay, ishlab chiqarish zanjirini chuqurlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish va mahalliy mutaxassislarning salohiyatini oshirishga e’tibor qaratmoqda.
🌐 Navbatdagi katta qadam — Amerika Qo‘shma Shtatlarida zamonaviy alyuminiy ekstruziyasi zavodini tashkil etish. Loyiha O‘zbekistonda shakllangan sanoat tajribasi va texnologik kompetensiyalarni dunyoning eng talabchan bozorlaridan biriga olib chiqishga xizmat qiladi.
“O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” — nafaqat kelib chiqish, balki sifat va raqobatbardoshlik belgisiga aylanishi kerak.
🎥 Mahalliylashtirishdan global sanoat zanjirigacha bo‘lgan yo‘l haqida — “Sanoat qahramonlari” loyihasining 33-sonida.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #914
774