TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.11K subscribers
Post #893 454
#Sanoat_Qahramonlari
30-qahramon

⚙️Kritik minerallardan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlargacha

🇺🇿 O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Sanoat qahramonlari” maxsus loyihasi davom etadi.

🎬 Loyihaning 30-qahramoni — Amir Abidov, “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari.

🏭 O‘zbekiston texnologik metallar kombinati — mamlakatimizda kritik minerallar va texnologik metallarni o‘zlashtirish, ularni chuqur qayta ishlash hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni yagona sanoat zanjirida rivojlantirayotgan korxona. Bugun kombinat volfram, molibden, reniy, litiy, grafit va boshqa strategik minerallar yo‘nalishida loyihalarni amalga oshirmoqda.

🔬Bu yerda R&D markazi, nano-analitik laboratoriya hamda “Kelajak metallari” texnoparki faoliyati xomashyoni o‘rganishdan boshlab, uni qayta ishlash va tayyor mahsulot olishgacha bo‘lgan jarayonlarni bir-biriga bog‘lashga qaratilgan.

R&D markazidagi pilot sex yangi texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish va ilmiy ishlanmalarni sanoat bosqichiga olib chiqish imkonini beradi. Additiv texnologiyalar asosida yuqori qo‘shilgan qiymatli yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ham loyihalar amalga oshirilmoqda.

⚙️ Volfram, molibden va reniy kabi texnologik metallarni chuqur qayta ishlash, yangi metallurgiya quvvatlarini yaratish hamda tadbirkorlarni ushbu ishlab chiqarish zanjiriga jalb etish kombinat faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan Davlat miqyosida ham kritik minerallarni shunchaki qazib olish emas, balki ulardan metall kukunlari, qotishmalar, sanoat detallari va boshqa yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Maqsad — xomashyoni shunchaki qazib olish emas, undan yaratiladigan texnologiya va yuqori qo‘shilgan qiymatni O‘zbekistonda shakllantirish.

🎥 Rudadan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan yangi sanoat zanjiri haqida batafsil — “Sanoat qahramonlari” loyihasining 30-sonida.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 🔥 4
  • 👏 3
  • ❤ 1
  • 👌 1
More from @icppa
  1. Oct 10, 2026🏛️ HAFTALIK DAYJEST 5- 10 oktabr, 2026-yil Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat…
  2. Oct 10, 2026🏅Sanoat rivojiga munosib hissa qo‘shganlar maxsus ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi O‘zb…
  3. Oct 10, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasidagi islohotlar xususid…
  4. Oct 9, 2026💬 Murojaat yechim topdi: 529 mln so‘mlik zakalat mablag‘lari qaytarildi 📍 Toshkent shahr…
  5. Oct 9, 2026🗣Market Signal: 43,4 million dollarlik import – mahalliy ishlab chiqarish uchun imkoniyat…
  6. Oct 9, 2026✔️Mustafo Bafoyev tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya: ilmi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →