TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.11K subscribers
Post #891 1.58K
#Sanoat_Qahramonlari
29-qahramon

🚘 O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtokomponentlar Yevropa sari

🇺🇿O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Sanoat qahramonlari” maxsus loyihasi davom etadi.

🎬 Loyihaning 29-qahramoni — Elyorbek Asadov, “UzAuto-INZI” korxonasi direktori.

🏭 2015-yilda tashkil etilgan korxona avtomobillarning turli tizimlari uchun yuqori bosim ostida quyish texnologiyasi asosida alyuminiy butlovchi qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda korxonada 300 nafarga yaqin xodim mehnat qilmoqda.

📈 Korxonaning ishlab chiqarish ko‘lami yildan-yilga kengayib bormoqda. 2017-yilda qariyb 2 ming dona mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2025-yilga kelib bu ko‘rsatkich 3 milliondan oshgan. 2026-yilda esa 2 450 tonna yoki 250 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish va yetkazib berish rejalashtirilgan.

🌍 Navbatdagi muhim yo‘nalish — eksport. Joriy yilda Chexiyaning Motorpal kompaniyasiga alyuminiy butlovchi qismlar yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda yillik eksport hajmini 300 ming AQSH dollariga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

Mahalliy avtomobilsozlik zanjiridagi hamkorlikdan xalqaro yetkazib berishgacha — korxona oldida yangi bosqich turibdi.

🎥 Batafsil — “Sanoat qahramonlari” loyihasining 29-sonida.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 🔥 5
  • 👏 5
  • 🤩 2
  • 😍 2
More from @icppa
  1. Oct 10, 2026🏛️ HAFTALIK DAYJEST 5- 10 oktabr, 2026-yil Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat…
  2. Oct 10, 2026🏅Sanoat rivojiga munosib hissa qo‘shganlar maxsus ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi O‘zb…
  3. Oct 10, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasidagi islohotlar xususid…
  4. Oct 9, 2026💬 Murojaat yechim topdi: 529 mln so‘mlik zakalat mablag‘lari qaytarildi 📍 Toshkent shahr…
  5. Oct 9, 2026🗣Market Signal: 43,4 million dollarlik import – mahalliy ishlab chiqarish uchun imkoniyat…
  6. Oct 9, 2026✔️Mustafo Bafoyev tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya: ilmi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →