#Sanoat_Qahramonlari
28-qahramon
75 foizgacha mahalliy: “Elite Group”ning yangi bozorlari
O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Sanoat qahramonlari” maxsus loyihasi davom etadi.
🎬 Loyihaning 28-qahramoni — Abrorjon G‘afforov, “Elite Group” korxonasi direktori.
🏭Korxonada sovutkich va boshqa turdagi maishiy texnika mahsulotlari ishlab chiqariladi. Bugungi kunda sovutkichlarning mahalliylashtirish darajasi 70–75 foizga yetgan. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan plastik detallar esa 100 foiz korxonaning o‘zida tayyorlanadi.
📈 Joriy yil boshidan buyon korxonada qariyb 30 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
🌍 Mahsulotlar Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘onistonga eksport qilinib, eksport hajmi 700 ming AQSH dollariga yaqinlashgan. Ayni paytda Turkmaniston bozoriga kirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Korxona endi eksport geografiyasini yanada kengaytirishni maqsad qilgan. Mahsulotlar Turkiyadagi ko‘rgazmada ham namoyish etilib, Yaqin Sharq bozorlariga chiqish navbatdagi yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan.
🎥 Mahalliylashtirish qanday qilib yangi eksport bozorlariga yo‘l ochmoqda?
Batafsil — “Sanoat qahramonlari” loyihasining 28-sonida.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #887
716