TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.19K subscribers
Post #870 580
#Sanoat_Qahramonlari
21-qahramon

Mahalliy yuk avtomobillari eksport geografiyasini kengaytirmoqda


2023-yilda faoliyatini boshlagan korxona bugun yuk tashish transport vositalarini mahalliylashtirish bilan birga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va yangi eksport bozorlariga chiqish ustida ishlamoqda.

🇺🇿“Sanoat qahramonlari” loyihasining 21-qahramoni — Ismoil Nazirov, “Van Universal Motors” MChJ boshqaruv direktori.

🏭Korxonada bugungi kunda 7 xil modeldagi yuk avtomobillari ishlab chiqariladi. Mahalliylashtirish doirasida transport vositalarining ayrim butlovchi qismlarini korxonaning o‘zida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mahalliylashtirish darajasi 30 foizni tashkil etmoqda.

🚚 Korxona 12 tonnagacha yuk tashishga mo‘ljallangan avtomobillar bilan cheklanib qolmasdan, ishlab chiqarish qatorini kengaytirishni maqsad qilgan. Kelgusida 12 tonnadan 50 tonnagacha yuk ko‘tarish quvvatiga ega transport vositalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Ishlab chiqarishni kengaytirish uchun sanoat hududida yangi maydon ajratilib, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish bo‘yicha ishlar boshlangan.

🌍 Korxona mahsulotlari Tojikiston va Afg'onistonga eksport qilinmoqda.

🎬 7 model. 30% mahalliylashtirish. 50 tonnagacha yuk avtomobillari. Keyingi manzil — yangi eksport bozorlari.

Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 21-sonida.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👏 3
  • 👍 2
More from @icppa
  1. Oct 12, 2026#Market_Signal 🔊MARKET SIGNAL | QURILISH YELIMLARI: 29,5 MILLION DOLLARLIK IMPORT BOZORI…
  2. Oct 12, 2026🏛️ Agentlikda sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha maxsus o‘quv kursi boshl…
  3. Oct 12, 2026📢Tadbirkorlar bilan doimiy ochiq muloqotlar yo‘lga qo‘yiladi! Sanoat kooperatsiyasi va da…
  4. Oct 12, 2026Yangi Toshkent haqiqiy “yashil shahar” bo‘lishi shartligi yana bir bor ta’kidlandi. Bu yer…
  5. Oct 12, 2026Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuz…
  6. Oct 12, 2026Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentga tashrif buyurib, bu yerda yirik loyiha…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →