#Sanoat_Qahramonlari
19-qahramon
⚙️Import o‘rnini bosgan filtrlar — bugun eksport bozorida
2009-yilda 50 ta ish o‘rni bilan boshlangan ishlab chiqarish bugun 200 nafardan ortiq xodim mehnat qilayotgan korxonaga aylandi.
🇺🇿“Sanoat qahramonlari” loyihasining 19-qahramoni — Abdurashid Yunusov, “SDK Group And” MChJ direktori.
🚗Korxona dastlab avtomobillar uchun havo va moy filtrlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 2021-yildan boshlab mahsulot turlari kengaytirilib, avtomobil, maxsus texnika va sanoat uskunalari uchun turli filtrlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Bugungi kunda korxonada mahsulot turiga qarab mahalliylashtirish darajasi 50–70 foizni tashkil etadi. Ayrim xomashyo, jumladan, metall import qilinsa-da, qolgan asosiy komponentlar korxonaning o‘zida ishlab chiqarilmoqda.
🌍 Eng muhimi, ilgari ichki bozorga asosan import orqali kirib kelgan ushbu mahsulotlar endilikda O‘zbekistonda ishlab chiqarilibgina qolmay, Qozog‘iston va Afg‘onistonga eksport qilinmoqda.
Keyingi maqsad — eksport geografiyasini yanada kengaytirib, jahon bozoriga chiqish.
🎬 50 ta ish o‘rnidan — 200+ xodimgacha. Import o‘rnini bosishdan — eksportgacha.
Batafsil — “Sanoat qahramonlari”ning 19-sonida.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #864
554