TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.19K subscribers
Post #819 807
#Sanoat_Qahramonlari
6-qahramon

Sanoat qahramonlari — O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi


O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining “Sanoat qahramonlari” maxsus loyihasi davom etmoqda.

🏭Loyihaning navbatdagi qahramoni — Ixtiyor Hamroyev, ventilyatsiya mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Jihozvent” korxonasi rahbari.

⚙️2002-yilda o‘z faoliyatini boshlagan korxonada bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning mahalliylashtirish darajasi 80 foizdan oshgan. 2026-yilda esa korxonada 300 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

🤝 Korxona mahsulotlariga bo‘lgan buyurtmalarning 70 foizdan ortig‘i davlat xaridlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish orqali sanoat kooperatsiyasi aloqalarini rivojlantirish bilan birga, mahsulotlar Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bozorlariga ham eksport qilinmoqda.

⚙️Kelgusida ishlab chiqarishni konveyer tizimiga o‘tkazish, jarayonlar samaradorligini oshirish va shu orqali mahsulot tannarxini yanada pasaytirish maqsad qilingan.

🎬 Navbatdagi son orqali Ixtiyor Hamroyev faoliyati misolida ventilyatsiya mahsulotlarini mahalliylashtirish, davlat xaridlaridagi talab, sanoat kooperatsiyasi va eksportni kengaytirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishasiz.

Sanoat qahramonlari. O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi.

🔹Navbatdagi sonni tomosha qiling.

▶️ Batafsil

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 🔥 3
  • 👏 2
More from @icppa
  1. Oct 12, 2026#Market_Signal 🔊MARKET SIGNAL | QURILISH YELIMLARI: 29,5 MILLION DOLLARLIK IMPORT BOZORI…
  2. Oct 12, 2026🏛️ Agentlikda sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha maxsus o‘quv kursi boshl…
  3. Oct 12, 2026📢Tadbirkorlar bilan doimiy ochiq muloqotlar yo‘lga qo‘yiladi! Sanoat kooperatsiyasi va da…
  4. Oct 12, 2026Yangi Toshkent haqiqiy “yashil shahar” bo‘lishi shartligi yana bir bor ta’kidlandi. Bu yer…
  5. Oct 12, 2026Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuz…
  6. Oct 12, 2026Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentga tashrif buyurib, bu yerda yirik loyiha…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →