#Sanoat_Qahramonlari
5-qahramon
Sanoat qahramonlari — O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi
O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining “Sanoat qahramonlari” maxsus loyihasi davom etmoqda.
💊Loyihaning beshinchi qahramoni — Zokir Rahimov, 2011-yilda tashkil etilgan “Nova Farm” korxonasining ishlab chiqarish direktori.
🏭Korxona bugungi kunda 3 ta ishlab chiqarish sexida tabletka, kapsula, suspenziya va antibiotiklar ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarish jarayonlari GMP standarti talablari asosida tashkil etilgan bo‘lib, korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati qariyb 100 mlrd so‘mni tashkil etadi.
🌍 Mahsulotlar ichki bozor bilan bir qatorda qo‘shni va boshqa xorijiy bozorlarga, jumladan, Afg‘oniston va Ozarbayjonga eksport qilinmoqda.
📈 Kelgusida ishlab chiqarish quvvatlarini yanada kengaytirish maqsadida korxonada qo‘shimcha 4 ta sexni ishga tushirish rejalashtirilgan. Yangi quvvatlarda, jumladan, ampula shaklidagi dori vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.
🎬 Navbatdagi son orqali Zokir Rahimov faoliyati misolida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoni, xalqaro standartlar asosida yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarish, eksport va korxonaning istiqboldagi rejalari bilan yaqindan tanishasiz.
Sanoat qahramonlari. O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi.
🔹Beshinchi sonni tomosha qiling.
▶️ Batafsil
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #818
535