#Sanoat_Qahramonlari
3-qahramon
Sanoat qahramonlari — yangi maxsus loyiha
🇺🇿O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining “Sanoat qahramonlari” maxsus loyihasi davom etadi.
🤖 Loyiha orqali yurtimizning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan 35 ta mahalliy ishlab chiqarish korxonasi va ular ortida turgan insonlar misolida O‘zbekiston sanoatining bugungi salohiyati, mahalliylashtirish natijalari va ishlab chiqarishdagi real o‘zgarishlar yoritib boriladi.
🎬Loyihaning uchinchi qahramoni — “Crown Ceramic” korxonasi rahbari Bobur Sultonaliyev.
Umumiy qiymati 70 million dollar bo‘lgan “Crown Ceramic” bugungi kunda Markaziy Osiyodagi yirik keramogranit mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri hisoblanadi.
Korxonada zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari bilan ilmiy yondashuv uyg‘unlashtirilgan. Eng muhimi, ilgari importga bog‘liq bo‘lgan mahsulotni mahalliy sharoitda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish natijasida uning tannarxini ikki baravar arzonlashtirishga erishilgan.
Navbatdagi son orqali yirik sanoat loyihasini yo‘lga qo‘yish, ilm-fan va ishlab chiqarishni birlashtirish, mahsulotni mahalliylashtirish hamda raqobatbardosh ishlab chiqarishni shakllantirish ortidagi jarayonlar bilan yaqindan tanishasiz.
Sanoat qahramonlari. O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi.
🔹Uchinchi sonni tomosha qiling.
▶️ Batafsil
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #814
1.94K