TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.19K subscribers
Post #809 1.23K
#Sanoat_Qahramonlari
2-qahramon

Sanoat qahramonlari — yangi maxsus loyiha

🇺🇿 O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining “Sanoat qahramonlari” maxsus loyihasi davom etadi.

🤖 Loyiha doirasida respublikaning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan 35 ta mahalliy ishlab chiqarish korxonasi qahramonlari misolida O‘zbekiston sanoatining bugungi salohiyati, mahalliylashtirish natijalari va ishlab chiqarishdagi real o‘zgarishlar insonlar hikoyasi orqali yoritib boriladi.

🎬 Loyihaning ikkinchi qahramoni — Sarvar Turg‘unov, Toshkent viloyati Nurafshon shahrida joylashgan “KRANTAS GROUP” korxonasi bosh loyihachisi.

Navbatdagi son orqali maxsus texnikalarni ishlab chiqarish va yig‘ish jarayonlari, metallni qayta ishlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mahsulotlarni mahalliylashtirish hamda yangi turdagi maxsus texnikalarni o‘zlashtirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishasiz.

👷‍♂️ Bugungi kunda “KRANTAS GROUP” korxonasida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

Sanoat qahramonlari. O‘zbekiston sanoatining bugungi qiyofasi.

🔹Ikkinchi sonni tomosha qiling.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 4
  • 🔥 3
  • 👏 3
More from @icppa
  1. Oct 12, 2026#Market_Signal 🔊MARKET SIGNAL | QURILISH YELIMLARI: 29,5 MILLION DOLLARLIK IMPORT BOZORI…
  2. Oct 12, 2026🏛️ Agentlikda sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha maxsus o‘quv kursi boshl…
  3. Oct 12, 2026📢Tadbirkorlar bilan doimiy ochiq muloqotlar yo‘lga qo‘yiladi! Sanoat kooperatsiyasi va da…
  4. Oct 12, 2026Yangi Toshkent haqiqiy “yashil shahar” bo‘lishi shartligi yana bir bor ta’kidlandi. Bu yer…
  5. Oct 12, 2026Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuz…
  6. Oct 12, 2026Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentga tashrif buyurib, bu yerda yirik loyiha…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →