#Ekspertga_soz
Qaysi xorijiy tajriba O‘zbekistonda tezroq amaliy natija berishi mumkin?
“Ekspertga so‘z” loyihasining navbatdagi sonida xorijiy tajribalarni O‘zbekiston amaliyotiga tatbiq etishda qaysi yo‘nalishlar qisqa muddatda samarali natija berishi mumkinligi haqida so‘z yuritiladi.
Ekspert fikriga ko‘ra, bunda Janubiy Koreya bilan davlat xaridlarini raqamlashtirish yo‘nalishidagi hamkorlik alohida istiqbolga ega. O‘zbekistonda bu borada zarur raqamli infratuzilma va amaliy tajriba shakllanib borayotgani Koreyaning ilg‘or elektron xarid yechimlarini bosqichma-bosqich joriy etish uchun muhim asos yaratadi. Ikki davlat o‘rtasida elektron davlat xaridlari tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha ham amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, Xitoy tajribasi asosida avtomobil sanoatidagi kooperatsiyani kengaytirish, mahalliylashtirish va yangi texnologik loyihalarni rivojlantirish uchun ham O‘zbekistonda mustahkam ishlab chiqarish bazasi mavjud. Bugungi kunda mamlakat avtomobil sanoatida bir nechta yirik xalqaro brendlar bilan ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani ushbu yo‘nalishdagi yangi loyihalar uchun muhim zamin yaratmoqda.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #808
453