TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.19K subscribers
Post #801 7.57K
🔴Tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkaziladi

Ertaga, 14-avgust kuni soat 11:00 da Toshkent shahridagi “Radisson Blu Tashkent” mehmonxonasida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlik subyektlari bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkaziladi.

Ochiq muloqotda davlat xaridlari orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning xaridlardagi ishtirokini kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, shuningdek, tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan muammo va to‘siqlarni bevosita o‘rganish masalalari muhokama qilinadi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, faoliyatida uchrayotgan muammolar hamda amaliy takliflarini Agentlik rahbariyati va tegishli tashkilotlar vakillariga bevosita bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, davlat xaridlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar hamda elektron xarid tizimlaridan samarali foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etiladi.

📍Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 88-uy, “Radisson Blu Tashkent” mehmonxonasi.
⏱️Boshlanish vaqti: 11:00.

🎥Ochiq muloqotda onlayn ishtirok etish.

Tadbirkorlarni ochiq muloqotda faol ishtirok etib, o‘z taklif va muammolarini bevosita bildirishga taklif etamiz.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 4
  • 🔥 3
  • 👏 2
More from @icppa
  1. Oct 12, 2026#Market_Signal 🔊MARKET SIGNAL | QURILISH YELIMLARI: 29,5 MILLION DOLLARLIK IMPORT BOZORI…
  2. Oct 12, 2026🏛️ Agentlikda sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha maxsus o‘quv kursi boshl…
  3. Oct 12, 2026📢Tadbirkorlar bilan doimiy ochiq muloqotlar yo‘lga qo‘yiladi! Sanoat kooperatsiyasi va da…
  4. Oct 12, 2026Yangi Toshkent haqiqiy “yashil shahar” bo‘lishi shartligi yana bir bor ta’kidlandi. Bu yer…
  5. Oct 12, 2026Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuz…
  6. Oct 12, 2026Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentga tashrif buyurib, bu yerda yirik loyiha…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →