Bugun Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi vakillari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining o‘quv ishlari hamda ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Agentlik va universitet o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, jumladan:
✍️ sanoat korxonalari muammolarini ilmiy jihatdan o‘rganish;
✍️ ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish;
✍️ qo‘shma tahliliy va ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish;
✍️ sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari yo‘nalishlari uchun malakali kadrlar tayyorlash;
✍️ talaba, doktorant va professor-o‘qituvchilarni amaliy loyihalarga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot yakunida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olinib, qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
