🏛️ HAFTALIK DAYJEST | 3–7-avgust, 2026-yil
Hafta davomida Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan quyidagi muhim tadbirlar amalga oshirildi:
😣 Xalqaro hamkorlik:
“Xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari tizimini mustahkamlash” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatidan lavhalar taqdim etildi.
📊 Davlat xaridlari tahlili:
Agentlik tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan davlat xaridlari tahlil qilinib, asosiy ko‘rsatkich va natijalar sarhisob qilindi.
✅Iyul oyi yakunlari:
Agentlikning iyul oyidagi faoliyati sarhisob qilindi. Sanoat kooperatsiyasi, mahalliylashtirish, davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot hamda xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar jamlandi.
📑 O‘zlashtirishga tavsiya etiladigan yangi mahsulotlar:
Kimyo va farmatsevtika sanoati yo‘nalishlarida mahalliylashtirish uchun istiqbolli deb baholangan yana 10 ta mahsulot o‘zlashtirishga tavsiya etiladigan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritildi.
📍 Hududlarda amaliy ishlar:
Agentlikning hududiy loyiha ofislari tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilar faoliyatini o‘rganish, sanoat kooperatsiyasi aloqalarini kengaytirish va mahalliylashtirish loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirildi.
🎙 “Ekspertga so‘z” — yangi loyiha:
Yangi loyihaning ilk sonida davlat xaridlari va mahalliylashtirish sohasida O‘zbekiston uchun dolzarb bo‘lgan xorijiy tajribalar, sohadagi islohotlar hamda strategik yondashuvlar ekspert nigohida tahlil qilindi.
📶 Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi — haftaning muhim voqealari bir dayjestda.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #790
861

- 👍 4
- 👏 4
- 🔥 3