TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.24K subscribers
Post #670 482
Bekobod metallurgiya kombinatidagi 90 gektar maydonda tayyor infratuzilmaga ega “O‘zbekiston ekologik texnologiyalar sanoat parki” tashkil etiladi.

Shu yerning o‘zida qora metallar bo‘yicha R&D markazi tashkil etilib, yangi mahsulotlar yaratish va ularni sanoatga joriy qilish yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu hududda xalqaro sertifikat beradigan zamonaviy laboratoriya ishga tushiriladi.

Joriy yilning o‘zida sanoat parkida xususiy investorlar bilan katta diametrli quvur, ko‘tarma kran, filtrlash uskunalari kabi yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar boshlanadi.

Shuningdek, Samarqand, Jizzax, Namangan va Sirdaryodagi yirik metallurgiya korxonalari atrofida jami 100 million dollarlik kooperatsiya loyihalari dasturini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Mazkur loyihalar hududlarda qo‘shilgan qiymat zanjirini kengaytirish, xususiy sektor faolligini oshirish va yangi turdagi metall mahsulotlarini mahalliylashtirishga xizmat qiladi.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 3
  • 🔥 3
  • 👏 3
  • ❤ 1
  • 🫡 1
More from @icppa
  1. Oct 15, 2026🌐DUNYO YANGILIKLARI: DAYJEST 14-15-oktabr, 2026-yil Davlat xaridlari, sanoat, mahalliylas…
  2. Oct 15, 2026☑️ MAHALLIY ISHLAB CHIQARILGAN TOVARLAR KATALOGI ✔️Endilikda, "O‘zbekekspertiza" AJ ning r…
  3. Oct 14, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Семинар-тренинг по подготовке специалистов по локализации производства…
  4. Oct 14, 2026✔️ Mashinasozlik korxonalari uchun yangi hamkorlik imkoniyatlari O‘zbekiston mashinasozlik…
  5. Oct 14, 2026🏛️ Agentlikda Ultradecor Global kompaniyasi vakillari bilan investitsiyaviy hamkorlik mas…
  6. Oct 14, 2026🔴 Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga oid qonun imzolandi O‘zbekiston Respublikasi P…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →