2026-yilda hududiy investitsiya loyihalari: 1 515 ta loyiha ishga tushirildi
Joriy yilda O'zbekiston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahri, hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi kesimida hududiy investitsiya dasturlari doirasida umumiy qiymati 7 309,3 million dollarlik 2 471 ta loyihani ishga tushirish hamda 124 955 ta yangi ish o‘rni yaratish belgilangan.
30-sentabr holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha 1 515 ta investitsiya loyihasi ishga tushirilib, ular hisobidan 54 062 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Ishga tushirilgan loyihalarning 1 259 tasi hududiy investitsiya dasturi doirasida, 256 tasi esa qo‘shimcha loyihalar hisobiga to‘g‘ri keladi. Dastur doirasidagi loyihalar natijasida 47 822 ta, qo‘shimcha loyihalar hisobidan esa 6 240 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
2026-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan loyihalar soni bo‘yicha Farg‘ona viloyati — 382 ta, Namangan viloyati — 304 ta, Samarqand viloyati — 262 ta va Toshkent viloyati — 197 ta loyiha bilan yetakchilik qilmoqda.
Yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha yillik reja ko‘rsatkichlari esa Namangan viloyatida — 20 540 ta, Andijon viloyatida — 16 380 ta, Farg‘ona viloyatida — 14 807 ta va Toshkent viloyatida — 14 172 tani tashkil etadi.
Hududiy investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, hududlarda sanoat salohiyatini oshirish hamda aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladi.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #1192
496

- 👍 3
- 🔥 2
- 👏 2
- 🏆 1