O‘zbekiston va Rossiya hukumatlararo komissiyasining 27-yig'ilishi hamda Hududlar Kengashining III yig'ilishi doirasida bugun, 6-oktabr kuni Farg‘ona shahrida “Sanoat kooperatsiyasi va investitsiya loyihalari — iqtisodiy o‘sishning yangi nuqtalari” mavzusida panel sessiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi rahbariyati, shuningdek, O‘zbekiston va Rossiyaning hududiy boshqaruv organlari, sanoat korxonalari hamda ilmiy-innovatsion tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Panel sessiyada sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, hududlararo ishlab chiqarish aloqalarini rivojlantirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, innovatsion ishlanmalarni sanoatga joriy etish hamda korxonalar o‘rtasida yangi hamkorlik zanjirlarini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
➡️Tadbir yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish va yangi qo‘shma loyihalarni shakllantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin



