Davlat xaridlari bo‘yicha bepul onlayn o‘quv kursini qanday boshlash va sertifikatni qanday olish mumkin?
Jarayon oddiy: OneID orqali ro‘yxatdan o‘tasiz, bir hafta davomida 20 ta modulni o‘zlashtirasiz, test va amaliy keyslarni bajarasiz hamda yakuniy imtihondan o‘tasiz.
Kursning umumiy hajmi — 36 akademik soat. Ta’lim onlayn va mustaqil shaklda tashkil etilgani sababli darslarni bir haftalik muddat davomida o‘zingizga qulay vaqtda o‘rganishingiz mumkin.
Yakuniy natija 60 foiz yoki undan yuqori bo‘lsa, kurs muvaffaqiyatli yakunlangan hisoblanadi. Birinchi urinishda yetarli natija qayd etilmasa, imtihonni qayta topshirish imkoniyati mavjud.
Barcha talablarni bajargan tinglovchiga platforma orqali 2 yil amal qiladigan onlayn sertifikat beriladi.
🎥 Videoda ro‘yxatdan o‘tishdan boshlab sertifikat olishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni batafsil tushuntirdik.
Davlat xaridlari bo‘yicha bilimingizni oshiring — o‘qishni bugunoq boshlang.
edu.icppa.uz — bepul onlayn o‘quv platformasi
🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
Post #1015
1.83K