TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.11K subscribers
Post #1011 635
✔️ Metallurgiyada yangi imkoniyat: 100 mln dollarlik kooperatsiya loyihalari muhokama qilindi

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tomonidan yirik metallurgiya korxonalari atrofida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va yangi mahalliylashtirish loyihalarini shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan tadbirkorlar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi.

Muloqotda Samarqand viloyatidagi “Aziya metall prof”, Jizzax viloyatidagi “Sifatli sof po‘lat”, Namangan viloyatidagi “Tay Chang Stil” hamda Sirdaryo viloyatidagi “Vangda” yirik metallurgiya korxonalari atrofida jami 100 mln dollarlik kooperatsiya loyihalarini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.


Asosiy e’tibor ushbu korxonalarning xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar, asbob-uskunalar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini mahalliy tadbirkorlarning ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan bog‘lashga qaratildi. Shuningdek, bugungi kunda import qilinayotgan mahsulotlarni mahalliylashtirish va yangi kooperatsiya zanjirlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Tadbirkorlarning mavjud ishlab chiqarish quvvatlari va istiqbolli loyiha tashabbuslari o‘rganilib, ularni yirik metallurgiya korxonalari bilan uzoq muddatli sanoat kooperatsiyasiga jalb etish bo‘yicha navbatdagi amaliy choralar belgilab olindi.

Mazkur loyihalar orqali mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni o‘zlashtirish, yangi qo‘shilgan qiymat zanjirlarini shakllantirish hamda hududlarda yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgan.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 👍 5
  • 🔥 3
  • 👏 2
  • ❤ 1
More from @icppa
  1. Oct 10, 2026🏅Sanoat rivojiga munosib hissa qo‘shganlar maxsus ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi O‘zb…
  2. Oct 10, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasidagi islohotlar xususid…
  3. Oct 9, 2026💬 Murojaat yechim topdi: 529 mln so‘mlik zakalat mablag‘lari qaytarildi 📍 Toshkent shahr…
  4. Oct 9, 2026🗣Market Signal: 43,4 million dollarlik import – mahalliy ishlab chiqarish uchun imkoniyat…
  5. Oct 9, 2026✔️Mustafo Bafoyev tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya: ilmi…
  6. Oct 9, 2026❗Davlat xaridlarida “Xarid rejalari” moduli: undan qanday foydalaniladi? Davlat buyurtmach…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →