TGViewer
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ICPPA @icppa · 4.11K subscribers
Post #1006 645
✏️Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" maqolasi e’lon qilindi

Koreya Respublikasining yetakchi nashrlaridan biri — "The Chosun Daily"da Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.

Maqolada O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi tarixiy rishtalar, bugungi alohida strategik sheriklik, savdo-investisiya aloqalari hamda munosabatlarni yangi texnologik bosqichga olib chiqish istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan.

❗Maqolada qayd etilganidek–

🔵so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi 5 barobarga oshgan;

🔵Koreyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investisiyalari hajmi 8 milliard dollardan oshgan;

🔵Ayni paytda mamlakatimizda Koreya kapitali ishtirokida 700 dan ziyod qo‘shma korxona va loyihalar amalga oshirilmoqda;

🔵KOICA, Koreya Eksimbanki va EDCF bilan hamkorlikdagi loyihalarning umumiy portfeli 3,5 milliard dollardan ortiq;

🔵2025 yilda Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy yalpi ichki mahsuloti 500 milliard dollardan oshgan.

Prezident ikki mamlakat iqtisodiyotining o‘zaro to‘ldiruvchanligi yangi o‘sish drayverlarini yaratish uchun katta imkoniyat ekanini ta’kidlab, hamkorlikni umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirish darajasiga olib chiqish muhimligini ta’kidladi.

"Ishonchim komilki, aynan shu asosda hamkorligimizning yangi sahifasini ochishimiz — alohida sohalardagi muvaffaqiyatli hamkorlikdan umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirishga o‘tishimiz mumkin. Bu esa mamlakatlarimiz barqaror va uzoq muddatli farovonligining yanada mustahkam poydevorini barpo etadi".

Maqolada sun’iy intellekt, yarim o‘tkazgichlar, robototexnika, elektr transport vositalari, biofarmasevtika, aqlli qishloq xo‘jaligi va “aqlli shaharlar” istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari sifatida belgilangan. Shuningdek, ta’lim va inson kapitaliga investisiya kiritish, akademik almashinuv va qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish muhimligi e’tirof etgan.

Prezident, shuningdek, Markaziy Osiyo-Koreya Respublikasi sammiti O‘zbekiston va Koreya munosabatlari bilan bir qatorda, butun mintaqa bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim maydon ekaniligiga alohida urg‘u berdi.

"...O‘zbekiston siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, amaliy hamkorlikni kengaytirish va sheriklikning yangi, samarali mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan qator dolzarb tashabbuslarni ilgari surish niyatida. Bu tashabbuslar “Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi” formatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, uni yanada tizimli, dinamik va uzoq muddatli mintaqaviy ustuvor vazifalarga yo‘naltirilgan mexanizmga aylantirishga qaratilgan".

Prezident maqolasida qayd etilganidek, O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni, balki Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik, innovatsiya va umumiy taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

"Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi tinchlik, innovatsiyalar, o‘zaro ishonch va umumiy farovonlikka asoslangan hamkorlikning yangi makonini shakllantira olishiga chin dildan ishonaman"- deydi Davlatimiz Rahbari maqolada.

🌍Veb-sayt 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 📹Youtube X 🔹Linkedin
  • 🔥 4
  • 👍 3
  • 👏 2
More from @icppa
  1. Oct 10, 2026🏅Sanoat rivojiga munosib hissa qo‘shganlar maxsus ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi O‘zb…
  2. Oct 10, 2026#OAV_BIZ_HAQIMIZDA Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari sohasidagi islohotlar xususid…
  3. Oct 9, 2026💬 Murojaat yechim topdi: 529 mln so‘mlik zakalat mablag‘lari qaytarildi 📍 Toshkent shahr…
  4. Oct 9, 2026🗣Market Signal: 43,4 million dollarlik import – mahalliy ishlab chiqarish uchun imkoniyat…
  5. Oct 9, 2026✔️Mustafo Bafoyev tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya: ilmi…
  6. Oct 9, 2026❗Davlat xaridlarida “Xarid rejalari” moduli: undan qanday foydalaniladi? Davlat buyurtmach…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →